$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Saida Mirziyoyevani qabul qildi

Mirziyoyeva

Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi.

Ikki mamlakat rasmiylari uchrashuvi

Ayni vaqt O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostona shahrida bo‘lib turibdi. Qo‘shni davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qilgan.

Xabarda uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilingani haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, uchrashuvda axborot-mafkuraviy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida, shuningdek, yoshlar siyosati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Qozog‘iston prezidenti e’tirofi

“Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ittifoqchilik va strategik xususiyatini qayd etib, oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish uchun prezident administratsiyalari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatish muhimligini ta’kidladi“, — deyiladi xabarda. Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti 5-avgust kuni Ostona shahrida “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tayotganini olqishlab, bu kabi tadbirlar xalqlarning madaniy yaqinlashuvida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan.