$
 12060.55
-36.78
 14183.21
-50.51
 161.32
0.79
weather
+26
Кечаси   +14°

Ucell biznes va sanoat uchun yangi monitoring tizimini taqdim qildi

Ucell

Toshkentda o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida Ucell biznes va sanoat uchun mo‘ljallangan raqamli yechimlarni taqdim qildi. Eng katta e’tibor esa ekologik monitoring platformasiga qaratildi.

Bu bejiz emas. Chunki bugun zavod-fabrikalar uchun faqat ishlab chiqarish hajmi emas, atrof-muhitga ta’siri ham hal qiluvchi masalaga aylanmoqda. Endi korxona qancha mahsulot chiqargani bilan birga, havoga nima chiqarayotgani, bu jarayon xodimlar va yaqin hududdagi aholi salomatligiga qanday ta’sir qilayotgani ham muhim.

Ucell nimani taklif qilyapti?

Kompaniya INNOPROM’da atrof-muhit holatini kuzatish, tahlil qilish va boshqarishga mo‘ljallangan raqamli ekologik monitoring platformasini namoyish etdi.

Sodda qilib aytganda, bu tizim korxonalarga ekologik holatni “ko‘rish” imkonini beradi. Ya’ni u faqat ma’lumot yig‘ib bermaydi, balki o‘sha ma’lumotni tahlil qilib, real boshqaruv qaroriga aylantirishga xizmat qiladi.

Platformaning asosiy vazifalari:

  • atrof-muhit holatini uzluksiz kuzatish
  • katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish
  •  ishlab chiqarishning ekologiyaga ta’sirini baholash
  • xodimlar va yaqin hududdagi aholi salomatligiga xavfni nazorat qilish
  • korxona uchun aniq va tezkor boshqaruv qarorlarini shakllantirish.

Amalda ish bergan yechim

Mazkur ekologik monitoring allaqachon “Ohangaronsement”da joriy etilgan. Endi korxona faqat qancha mahsulot chiqarganini emas, balki bu jarayon atrof-muhitga qanday ta’sir qilayotganini ham kuzatib boradi. Havoga chiqayotgan chiqindilar, umumiy ekologik holat va jarayondagi o‘zgarishlar doimiy nazoratda bo‘ladi. Bu muammo yuzaga kelgandan keyin emas, balki undan oldin choralar ko‘rish imkonini beradi. Natijada, xavf erta aniqlanadi va zararlar kamaytiriladi. Shu bilan birga, xodimlar va yaqin hududdagi aholi salomatligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar ham nazorat ostiga olinadi.

Ucell vakillari ham bu yo‘nalish bugungi biznes uchun tobora muhimlashib borayotganini ta’kidladi. Kompaniya bosh direktori Andrey Shishkovskiy Ucell endi faqat aloqa xizmatlari yetkazib beruvchi emas, balki biznes uchun to‘liq raqamli sherik bo‘lishga intilayotganini aytdi:

“Ucell o‘zining texnologik yetakchilik maqomini tasdiqlashga hamda nafaqat aloqa xizmatlari yetkazib beruvchi, balki transformatsiyaning barcha bosqichlarida biznesga hamrohlik qiluvchi to‘laqonli raqamli sherik bo‘lishga intiladi. INNOPROMdagi ishtirok — bu kabi hamkorlikni rivojlantirish hamda sheriklar va mijozlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir”

Faqat ekologiyami?

Ucell INNOPROM’da yana bir amaliy mahsulot — “Kadrlar nazorati” tizimini ham namoyish etdi.

Bu sayyor yoki joyida yurib ishlaydigan xodimlar bilan ishlaydigan kompaniyalar uchun mo‘ljallangan.

Tizim orqali:

  • geolokatsiya kuzatiladi
  • fotohisobotlar olinadi
  • topshiriqlar bajarilishi real vaqt rejimida nazorat qilinadi.

Bunday yondashuv ayniqsa qurilish, servis, texnik xizmat, logistika va hududiy nazorat talab qilinadigan sohalar uchun foydali.

Reklama huquqlari asosida