$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Kaspiy dengizning Qozog‘iston qirg‘oqlaridan 1000 dan ortiq o‘lik tyulenlar topildi. Kasbiy zaharlandimi?

Tyulen

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida so‘nggi uch haftada Kaspiy dengizi qirg‘og‘idan mingdan ortiq tyulenlarning jasadi topildi, Bu haqda KTK telekanali xabar berdi.

Hozirga qadar 1034 ta individning o‘limi hujjatlashtirilgan

Dastlab ular Tupqarog‘on tumanidan topilgan. Hozir jasadlarni Qoraqiyon tumani va Oqtov shahri chegarasidan ham yig‘ib olishmoqda. Hozirga qadar 1034 ta individning o‘limi hujjatlashtirilgan. Hodisaning aniq sababi noma’lum. Baliq nazorati inspeksiyasi ayrim hayvonlar brakonerlik to‘rlariga o‘ralgan holda topilganini ta’kidlamoqda, ammo to‘rlarni ommaviy o‘limning asosiy sababi deb bo‘lmaydi.

Bu holat birinchi marta yuz bermoqda

“Gidrobiologiya va ekologiya instituti” direktori Mirgaliy Baymukanov mutaxassislar birinchi marta bunchalik ko‘p tyulen jasadlarini qayd etishganini aytdi.

“O‘lik hayvonlarning qirg‘oqqa chiqishi to‘xtamasligi mumkin. Bu g‘arbiy shamollar bilan bog‘liq”, — dedi u.

Baymukanov tyulenlar o‘limining sababini aytish qiyin ekani, buning uchun ko‘plab mutaxassislar jalb qilinishi kerakligini ta’kidladi: “Bu qandaydir ifloslantiruvchi chiqindilar, seysmik faollik ko‘rinishidagi tabiiy ofatlar bo‘lishi mumkin, ya’ni geologlar o‘z so‘zini aytishi kerak. Hayvonlarda o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar bor-yo‘qligini aniqlaydigan virusologlarning xulosasi ham zarur”.

Bu yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirib bo‘lmasligi mumkin

Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir individning o‘limi populyatsiya uchun katta zarar keltiradi.

“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 30-50 yilgacha umr ko‘radigan tyulenlar juda kam uchraydi. Populyatsiyaning ko‘payishida muhim rol o‘ynaydigan o‘rta yoshli zotlar nobud bo‘lmoqda. Tyulenlar shu yoshida halok bo‘lsa, bu yo‘qotish o‘rnini to‘ldirib bo‘lmasligi mumkin”, — deb xulosa qildi Baymukanov.

Kaspiy tyuleni Qozog‘iston Qizil kitobiga kiritilgan

Kaspiy tyuleni Qozog‘iston Qizil kitobiga kiritilgan. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Kaspiy dengizining Qozog‘iston sektori akvatoriyasida 240 mingdan ortiq individ yashaydi. Bu hayvonlarning ommaviy qirilishi deyarli har yili kuzatiladi. Mutaxassislar buning ehtimoliy sabablari sifatida kemalar qatnovi, dengizning ifloslanishi, mikroplastik va baliq ovlash to‘rlarini ko‘rsatmoqda. Tyulenlar to‘rlarga o‘ralib qolib, jarohatlanadi.

Теги :
Jamiyat