$
 12808.03
14.65
 13612.37
16.85
 130.15
-0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Turmush qurish ruhiy salomatlik uchun foydalimi?

Oila

Yettita mamlakatdan 100,000ga yaqin odam ishtirok etgan yirik tadqiqot natijasida oila yoki “oilasifat” munosabatlarda yashovchi insonlar yolg‘iz odamlarga qaraganda depressiyaga kamroq chalinishi aniqlandi, deb yozmoqda Safar blogi.

Depressiv simptomlardan 86 foizga ko‘proq aziyat

Nature Human Behaviour nashriga ko‘ra, yolg‘iz yashaydigan odamlar depressiv simptomlardan 86 foizga ko‘proq aziyat chekadi. Ayniqsa bu bog‘liqlik g‘arb mamlakatlaridagi yuqori ta’lim darajasiga ega erkaklarda kuchli ekanligi aniqlangan.

Alkogol va tamaki iste’molini pasaytirishga yordam

Shuningdek, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ayollar nisbatan mustahkam ijtimoiy aloqalarga egaligi bois, ularda emosional stress kamroq yuzaga keladi.

 Ta’kidlanishicha, juft bilan yashash alkogol va tamaki iste’molini pasaytirishga yordam beradi, shuningdek, iqtisodiy va emosional qo‘llab-quvvatlash natijasida ruhiy salomatlik barqarorligi saqlanadi.

Oila qurish yechim emas

Ammo, oila qurish har doim ham ijobiy natija bermaydi. Ekspertlar ta’kidlashicha, nikoh mavjudligi emas, munosabatlar sifati muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, do‘stlar va yaqinlar bilan mustahkam aloqalar ham ijobiy natija beradi, o‘zini yolg‘izlikda qulay his qiluvchi odamlar uchun esa bu munosabatlar foydasi oilaviy juftliklarnikidan kam emas. 

Теги :
Jamiyat