Turkiy davlatlar birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Bu davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida imzolangan qo‘shma rejaga muvofiq amalga oshiriladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiy davlatlar birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Bu davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida imzolangan qo‘shma rejaga muvofiq amalga oshiriladi.
Harbiy o‘quv mashg‘ulotlari
Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston, Tojikiston Mudofaa vazirliklari o‘rtasida imzolangan qo‘shma reja asosida 11-iyul sanasidan boshlab "Birlik – 2024" tezkor-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, 8-iyuldan 17-iyulgacha harbiy kontingentlar qurolli mojaroni mahalliylashtirish bo‘yicha qo‘shma operatsiyani tayyorlaydi hamda o‘tkazadi.
Harbiy texnika va askarlar
Mintaqaviy o‘quv mashg‘ulotlari Mamg‘istauda o‘tkazilib, 4 mingga yaqin harbiy xizmatchi hamda 700 tagacha qurol va harbiy texnika jalb etiladi.
Taktik epizodlar quruqlik va havo razvedka guruhlari, dengiz kuchlarining maxsus kuchlari, armiya va front aviatsiyasi ekipajlari, harbiy kemalar va katerlar, artilleriya ekipajlari, hujum va tank bo‘linmalari ishtirokida o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar doirasida madaniy hordiq chiqarish va sport tadbirlari ham o‘tkazilishi belgilangan.



