Shohimardonda fransuz turizm maskani quriladi
Ushbu maskan arqon yo‘l va osma ko‘priklarni o‘z ichiga olgan dam olish muassasasi bo‘ladi.
2 daqiqa o‘qiladi

Ushbu maskan arqon yo‘l va osma ko‘priklarni o‘z ichiga olgan dam olish muassasasi bo‘ladi.
Ikki tomon o‘rtasida uchrashuv
Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatning Shohimardon tumanida yangi turizm markazi ochiladi. Uni Fransiyaning "Montagne et Neige Développement" (MND) kompaniyasi quradi. Iyun oyida ikkala tomon o‘rtasida dastlabki uchrashuv to‘lib o‘tib, unda kompaniya hududiy direktori Orxan Shirin va viloyat hokimi Xayrulla Bozorov loyihaning dastlabki konsepsiyasi haqida kelishib olingan edi, kuni kecha esa ushbu konsepsiya taqdim etildi.
Maskan tuzilishi
Dastlab ushbu muassasa arqon yo‘l va osma ko‘priklarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi deb aytilgan edi. Taqdim etilgan konsepsiyaga ko‘ra, u 10 tadan kabinaga ega ikkita arqon yo‘li, 1 ta qiya ko‘targich, 1 ta osma ko‘prik, "Zipline", "Alpine Coaster" attraksionlari va boshqa ko‘plab qo‘shimcha turistik infratuzilma obyektlaridan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu loyihaga,"Tabiat bilan uyg‘unlik bosh g‘oya bo‘lgan loyihada oilaviy turizm imkoniyatlarini taqdim etishga ham alohida e’tibor qaratilgan" deya izoh beradi viloyat matbuot xizmati.
Loyihani moliyalashtirish
Ushbu loyiha Fransuz kompaniyasi tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu masalani imtiyozli kredit mablag‘larini jalb etish bo‘yicha Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamda Yevropa banklari bilan muzokaralarni birgalikda olib borishadi.



