Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

Oʻzbekiston BMTning Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishga raislik qilmoqda

Bu esa mamlakatning xalqaro turizm sohasidagi hamkorlikdagi oʻrni tobora ortib borayotganini koʻrsatadi.

2 daqiqa o‘qiladi

Oʻzbekiston BMTning Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishga raislik qilmoqda

12-dekabr kuni BMT Hukumatlararo komissiyasining Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishga bagʻishlangan birinchi majlisi oʻtkazildi. Ushbu hujjat sayyohlar xavfsizligini taʼminlash va sohani barqaror rivojlantirishga qaratilgan xalqaro standartlar uchun asos boʻladi.

50 ta davlat va BMT Turizm tashkiloti vakillari o‘rtasidagi muhokama

Uchrashuv doirasida 50 ta davlat va BMT Turizm tashkiloti vakillari boʻlajak kodeksning asosiy jihatlarini muhokama qildi hamda uning mamlakatlarni sayohat xavfsizligi sohasidagi zamonaviy tahdid va xatarlarga moslashtirishdagi ahamiyatini taʼkidladi.

O‘zbekistonning raisligi

Majlis yakunida Oʻzbekistonni komissiya raisi etib tayinlash toʻgʻrisida bir ovozdan qaror qabul qilindi. Bu esa mamlakatning xalqaro turizm sohasidagi hamkorlikdagi oʻrni tobora ortib borayotganini koʻrsatadi.

Kodeks taklifi Mirziyoyevdan chiqqan

Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish taklifini 2023-yil Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tgan Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilishida ilgari surgandi. Bunga sabab qilib prezident dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan nizo va beqaror vaziyatlarni keltirgan edi.

““Yashil” turizmni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi shahar”

Shuningdek, qlim o‘zgarishlari tobora kuchayib borayotgan davrda “yashil” turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro Harakatlar dasturini qabul qilish har qachongidan ham dolzarb ekanini ta’kidlagan prezident tashkilotning ““Yashil” turizmni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi Shahar” nominatsiyasini ta’sis etishni ham taklif qilgan edi.