$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Turdimov

Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishdan olingan edi. Unga ko‘ra, U hududda investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kabilarda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan.

Tarmoqdagi munosabatlar

Shundan so‘ng “Platforma.uz” Telegram kanali hokimlik lavozimiga kim kelishi haqidagi farazlarni yozgan edi. Unga ko‘ra, ishdan olingan Sirdaryo viloyati hokimi o‘rnini davlat rahbarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev egallashi mumkin. Uning joyiga esa o‘tgan yil dekabrida sog‘ligi tufayli vazifasini topshirgan Erkinjon Turdimov borishi ham mantiqan noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Vaqt hisobida oladigan bo‘lsak, Turdimov o‘tgan ikki oyda salomatligini tiklagan, qolaversa, u Mirziyoyev kadrlar zahirasidagi “oltin” personalardan biri.

Nima uchun “oltin” persona?

Sababi, Turdimov o‘zining hokimlik faoliyatini 2008-yilda boshlagan. U 2008−2016-yillar davomida Navoiy viloyati hokimi bo‘lgan. Undan so‘ng 2 yil Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-yilda Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan Turdimov 2024-yilda mamlakatda o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida qayta tasdiqlangan.

Shundan so‘ng, u 2024-yil 28-noyabr kuni prezident farmoni bilan sog‘ligidagi muammolar sababli lavozimidan chetlatilgan.

Turdimov Prezident adminstratsiyasiga ketgandi

Turdimov Samarqand viloyati hokimligidan ketganidan so‘ng Prezident adminstratsiyasi Erkinjon Turdimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilganligini ta’kidlagan. Samarqand viloyati hokimligida o‘tayotgan sessiyada ma’lum qilinishicha, Erkinjon Turdimov Prezident administratsiyasida faoliyatini davom ettirishi aytilgan.

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimligiga kelishi bilan u to‘rtinchi viloyatni boshqarmoqda.

Turdimov 2006-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, 2024-yil 24-avgustda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

U sog‘ligidagi muammolar sababli Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ketgan edi. Prezident adminstratsiyasi esa uning ketishini boshqa ishga o‘tishi munosabati bilanligini ta’kidlagan.

Abdulla Aripov ishtiroki

Turdimov hokim lavozimini bajaruvchi etib tayinlanganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar o‘zlarining “tabriklari”ni turlicha izhor etmoqda.

“Sog‘lig‘i ko‘tarsa, O‘zbekistonning yana 5-6 ta viloyatiga hokim bo‘ladi-yov. Turdimovning to‘rtinchi viloyatga hokim bo‘lishi (Navoiy, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo)”,Kainbek.

Ta’kidlanishicha, bugun, 22-yanvar kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning yozishicha, sessiyada bosh vazir Abdulla Aripov ham ishtirok etgan.

Теги :
Jamiyat