Toshkent viloyatida Qozog‘iston bilan bog‘lovchi noqonuniy tunel topildi
Tuneldan katta miqdordagi, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini katta miqdordagi, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini olib o‘tish maqsadida foydalanilgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari va “Toshkent-Aero” IBK harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Hindistondan Qozog‘iston orqali mamlakatimizga katta miqdordagi, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib kelish bilan shug‘ullangan transchegaraviy jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.
Dorilar tranzit yo‘li bolan Qozog‘istonga yetkazilgan
Xususan, jinoiy guruh tomonidan navbatdagi dori vositalari “Dehli-Toshkent-Olmaota” aviayo‘nalishi orqali ransit tarzda “Olmaota” xalqaro aeroportiga olib kelinib, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariyog‘och tumani “Do‘stlik” aholi yashash punktiga yetkazilgan va yashirin yerosti yo‘li orqali Toshkent viloyatining Toshkent tumani “O‘rikzor” MFY hududiga o‘tkazilgan.
Dorilarning tan narxi 1 mlrd. 94 mln. so‘mni tashkil qildi
Tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a’zolaridan jami 1 mlrd. 94 mln. 342 ming so‘mlik, Hindistonda ishlab chiqarilgan Albumin, Remdesivir, Meropenem kabi jami 107 nomdagi 17048 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Tunel uzunligi 310 metr
Ta’kidlash lozimki, 1975-y.t. fuqaroning Toshkent tumani “O‘rikzor” MFYdagi uyini Qozog‘istonning Sariyog‘och tumani “Do‘stlik” aholi yashash punkti bilan bog‘lovchi yerosti yo‘lining uzunligi 310 metrni tashkil etadi.
Yerosti yo‘li havo ventilyasiyasi, yoritish tizimi, yuklarni tashishga mo‘ljallangan aravalar va arqonlar bilan jihozlangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.



