5 oyda 5 milliard dollarlik tashqi savdo aylanmasi
Toshkent shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda, joriy yildagi savdoga doir raqamlar ko‘rib chiqildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda, joriy yildagi savdoga doir raqamlar ko‘rib chiqildi.
Yangihayotdagi uchrashuv
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i T.Saidov Sergeli va Yangihayotdagi 50 dan ortiq tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi (https://uza.uz/uz/posts/besh-oyda-poytaxt-tashqi-savdo-aylanmasi-53-mlrd-dollarni-tashkil-etdi_606202). Suhbatda “Eksport uch qadamda”, “Bojxona hududida qayta ishlash” kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Tadbirda Savdo sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Qurbonov, Yangihayot tumani hokimi H.Inog‘omov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari J.Ergashev, shuningdek, sertifikatsiya idoralari, temir yo‘l vakillari hamda bojxona xodimlari ham ishtirok etdi.
5 oyda 5 milliardlik savdo
Uchrashuvda joriy yilning bir nechta statistikalar ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 5 oy ichida poytaxt tashqi savdo aylanmasi 5,3 milliard bo‘lgan, bu o‘tgan yilning ayni ushbu davriga nisbatan 752 million dollarga ko‘proq. Ushbu miqdorning 1,1 milliardi eksportga to‘g‘ri keladi.
Bojxonadan tadbirkorlarga “to‘yona”
Ushbu savdo aylanmasi bojxonaga 11,1 trillion so‘m foyda keltirgan. 6,9 trillion so‘m bojxona imtiyozlaridan foydalanilgan. Ushbu raqamlarni yanada o‘stirish maqsadida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi 73 nafar tadbirkorga 2,2 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlarini kechiktirish imtiyozini taqdim etdi.



