O‘zbekistonlikllar turistik maqsadlarda ko‘proq qaysi davlatlarga chiqmoqda?
Statistika agentligi bu borada joriy yilning 5 oylik statistikasini taqdim etdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Statatistika agentligi o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda ko‘roq qaysi davlatlarga chiqayotganini ma’lum qildi.
5 oyda 2,2 million nafar o‘zbekistonlik chetga chiqqan
Unga ko‘ra, 2024-yilning yanvar—may oylarida qariyb 2,2 million nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqan. 5 oylik bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5 foizga oshgan.
Mamlakatlar kesimi
Turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatlar kesimidagi soni quyidagicha:
Qirg‘iziston — 995,3 ming nafar;
Tojikiston — 449,8 ming nafar;
Qozog‘iston — 322,5 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 100,2 ming nafar;
Rossiya — 86,5 ming nafar;
Turkiya — 63,9 ming nafar;
BAA — 55,7 ming nafar;
Kuvayt — 16,5 ming nafar;
Misr — 13,5 ming nafar;
Janubiy Koreya — 8,3 ming nafar.
59,5 ming nafari esa boshqa davlatlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning yanvar—may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.



