$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2025-yil 1-iyundan davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida elektron navbat joriy etiladi

transport

O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinib, unga muvofiq, tizimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

1992-yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi, bu temir yo‘l transporti sohasida mustaqil faoliyat yuritishning boshlanishi edi. Shuningdek, avtomobil, havo va daryo transporti sohalarida ham milliy kompaniyalar va tashkilotlar shakllantirildi.

Asosiy maqsad va vazifalar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining asosiy vazifalaridan biri mamlakatda transportning barcha turlarini rivojlantirishdir. 

Mamlakatda logistika va transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlari yangicha ma'lumotlar bilan tanishtirilgan. 

O‘tgan yilda 9 mingdan ortiq YTH ro‘y bergan

Biroq sohada olib borilgan bir qator ishlarga qaramasdan, 2024-yilda mamlakatimizda jami 9 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu hodisalar natijasida 8 901 kishi jarohatlangan va, afsuski, 2 203 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 

Shuning bilan birga, 2024-yilning dastlabki 5 oyi davomida 359 nafar o‘quvchi ishtirokida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lib, ulardan 65 nafari halok bo‘lgan va 294 nafari turli darajada tan jarohati olgan. 

Ushbu raqamlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

Shu maqsadda 27-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, O‘zbekistonning transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Tizimni Jahon bankining Logistika indeksida yuqori pog‘onaga ko‘tarish rejalashtirilgan

Qarorga ko‘ra:

avtomobil, temir yo‘l va havo transportida xalqaro yuk tashish umumiy hajmini kamida 2 baravarga oshirish;

transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravargacha oshirish;

konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 barobarga oshirish;

Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) O‘zbekistonning o‘rnini 55-pog‘onadan past bo‘lmagan darajagacha ko‘tarish.

Yuklarni xalqaro tashishda transport-ekspeditorlik xizmatlariga QQS nol stavkada qo‘llanadi.

2025-yil 1-iyundan davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida elektron navbat joriy etiladi.

Yo‘l bo‘ylarida servis xizmati tashkil etiladi

Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etiladi.

Avtomobil yo‘llari bo‘ylarida yo‘lbo‘yi servis (“Service area” va “Service point”) obyektlari tashkil etilishi mo‘ljallangan.

Ushbu chora-tadbirlar kelgusida yo‘llarda yo‘l transport hodisalarining kamayishiga va aholi xavfsizligining barqaror ta’minlanishiga, transport tizimi sifatining oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.