Futbolchilarning keldi-ketdi mavsumi boshlandi
10-dekabr kuni O‘zbekistonda rasman qishki transfer oynasi ochildi. U 2025-yilning 25-fevraliga qadar davom etadi.
3 daqiqa o‘qiladi

10-dekabr kuni O‘zbekistonda rasman qishki transfer oynasi ochildi. U 2025-yilning 25-fevraliga qadar davom etadi. Demak, ushbu kunlar oralig‘ida bizni o‘zbek futboli va futbolchilari bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar kutmoqda. Ushbu maqolada transferlar oyinasi nima ekanligi, O‘zbekistonda ushbu davr qanday kechishi va kechayotgani, O‘zbekiston chempionatidagi futbolchilarning qaysi jamoadan ketgani va borib qo‘shilgani haqida hikoya qilinadi.
Transferlar oyinasi
Futbol olamida “transferlar oyinasi” degan tushuncha bor. U futbolchilarning ma’lum bir faoliyat olib borayotgan klubidan boshqa jamoaga shartnoma tuzilgan holda “ko‘chib o‘tish”i uchun ruxsat berilgan belgilangan vaqtga nisbatan ishlatiladi. Sodda qilib aytganda, Falonchining Tugunchi jamoaga o‘tishi uchun chempionat tomonidan ruxsat berilgan muddat. Bu mavzuga chuqur kirishsak, gap ko‘p. Keling, soddalashtirilgan holda maqolamizni davom ettiramiz. Shunday qilib, bu muddatda futbol ishqibozlari kunora ko‘plab qiziqarli yangiliklarni qabul qiladi. Odatda, har qanday transfer muzokarasi bir paytning o‘zida uchta muhim yo‘nalishda olib boriladi. 1. Sotuvchi va sotib oluvchi klublar o‘rtasida transfer narxini kelishish; 2. Sotib oluvchi klub va futbolchining agenti o‘rtasida futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha; 3. Sotib oluvchi klub va futbolchining agenti o‘rtasida, agentga to‘lanadigan to‘lovning hajmi bo‘yicha.
Transfer oldi kelishuvlari
Tarmoqda yangiliklarni kuzatar ekansiz, transferlar oyinasi ochilmagan vaqtda ham ba’zi futbolchilarning qaysidir jamoa bilan shartnoma imzolagani hamda boshqa klubga o‘tayotgani haqidagi xabarlarga ro‘baro‘ kelasiz. Masalan, “Nasaf” mavsum oraliqlaridan birida Islom Kenjaboyevning transferini e’lon qildi. Klub aslida 10-dekabrgacha yangi transferni ro‘yxatga olishi mumkin emas, ammo bu klubga futbolchi bilan kelishish, shartnoma imzolashga xalaqit bermaydi.
Amalga oshirilgan transferlar
Demak, quyida O‘zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi futbol klublarida amalga oshirilgan keldi-ketdilar keltiriladi.
"Nasaf"
Ketganlar: Viktor Da Silva, Valentino Yuel, Marko Stanoyevich, Zoran Marushich,
OKMK
Keldi: Abror Karimov, Humoyunshoh Sayyotov
Ketdi: Valijon Rahimov, Shoxruh Gadoyev
"Navbahor"
Keldi: Shahzod Ubaydullayev, Shohmalik Komilov, Abdug‘ani Kamolov, Sherzod G‘ulomjonov, Mirzohid G‘ofurov
Ketganlar: Jamshid Iskanderov, Toma Tabatadze, Yovan Jokich, Abror Ismoilov, Jamshid Boltaboyev, Giorgi Nikabadze, Siyavash Haqnazari
"So‘g‘diyona"
Keldi: Javohir Qahramonov
Ketganlar: Vladimir Yovovich, Sardor Qulmatov, Aleksey Nosko, Jasur Yoqubov, Alisher Salimov
"Neftchi"
Keldi: Zoran Marushich, Toma Tabatadze, Abror Ismoilov, Yovan Jokich, Muhammadali G‘iyosov, Vladimir Yovovich
Ketganlar: Javohir Qahramonov, Shohruz Norxonov, Sanjar Qodirqulov, Xurshidbek Muhtorov, Mirzohid G‘ofurov, Abbos G‘ulomov
"Paxtakor"
Keldi: Bashar Resan
Ketganlar: Dragan Cheran, Doniyor Abdumannopov
"Dinamo"
Keldi: Sanjar Qodirqulov, Edem Ne’manov, Akbar Abdurasulov, Mirjahon Mirahmadov
Ketganlar: Joel Kojo, Farhod Rahmatov, Muhammadali Tursunov
"Andijon"
Keldi: Doniyor Abdumannopov, Valijon Rahimov
Ketganlar: Igor Litovka, Lyubisha Petsel, Levan Arveladze
"Bunyodkor"
Keldi: Abdumavlon Abdujalilov
Ketganlar: Andriya Filipovich
"Qizilqum"
Ketganlar: Humoyunshoh Sayyotov, Akaki Shulaya, Muhammadali G‘iyosov, Asror G‘ofurov, Robert Ozols, Nikolay Tarasov, Jamoliddin Ubaydullayev,
"Metallurg"
Ketganlar: Iskandar Shayqulov, Rahimjon Davronov, Ivan Yosovich, Zabihillo O‘rinboyev, Abrorbek Toshqo‘ziyev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Xudoyshukur Sattorov, Odilbek Abdumajidov, Daler Sharipov, Davron Hoshimov
"Sho‘rtan"
Ketganlar: Jo‘rabek Mannonov



