$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston tarixidagi mahalliy futbolchilarning eng qimmat transferlari

Eldor

Keling, mavzuga kirishdan oldin atamaning to‘liq mazmuni bilan tanishib olsak. Futbol olamida “transferlar oyinasi” degan tushuncha bor. U futbolchilarning ma’lum bir faoliyat olib borayotgan klubidan boshqa jamoaga shartnoma tuzilgan holda “ko‘chib o‘tish”i uchun ruxsat berilgan belgilangan vaqtga nisbatan ishlatiladi. Sodda qilib aytganda, Falonchining Tugunchi jamoaga o‘tishi uchun chempionat tomonidan ruxsat berilgan muddat. Bu mavzuga chuqur kirishsak, gap ko‘p. Yaxshisi soddalashtirilgan holda maqolamizni davom ettiramiz. Shunday qilib, bu muddatda futbol ishqibozlari kunora ko‘plab qiziqarli yangiliklarni qabul qiladi. Odatda har qanday transfer muzokarasi bir paytning o‘zida uchta muhim yo‘nalishda olib boriladi. 1. Sotuvchi va sotib oluvchi klublar o‘rtasida transfer narxini kelishish; 2. Sotib oluvchi klub va futbolchining agenti o‘rtasida futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha; 3. Sotib oluvchi klub va futbolchining agenti o‘rtasida, agentga to‘lanadigan to‘lovning hajmi bo‘yicha. 

Transfer oldi kelishuvlari 

Tarmoqda yangiliklarni kuzatar ekansiz, transferlar oynasi ochilmagan vaqtda ham ba’zi futbolchilarning qaysidir jamoa bilan shartnoma imzolagani hamda boshqa klubga o‘tayotgani haqidagi xabarlarga ro‘baro‘ kelasiz. Masalan, “Nasaf” bundan avvalgi mavsum oralig‘ida Islom Kenjaboyevning transferini e’lon qilgandi. Klub aslida 18-dekabrgacha yangi transferni ro‘yxatga olishi mumkin emas, ammo bu klubga futbolchi bilan kelishish, shartnoma imzolashga xalaqit bermaydi. 

Al-Jaish” nomli klubning yo'q bo'lib ketishi sabab Sardor Rashidov jamoasiz  qolishi mumkin — Daryo Yangiliklari

Top—10 eng qimmat transferlar

Hammasini tushunib olgan bo‘lsangiz, endi asosiy mavzuga qaytamiz. O‘zbekiston tarixida 1 million yevro yoki undan ko‘proq summaga transfer qilingan o‘zbek o‘yinchilari yetarlicha, ammo biz sizga ularning top—10 lik jadvalini taqdim etishni ma’qul topdik. Ushbu jadval quiyidagicha:

1. Eldor Shomurodov — 19.6M € (Jenoa→Roma)  

2. Eldor Shomurodov — 9.5M € (Rostov→Jenoa)  

3. Odil Ahmedov — 7M € (Krasnodar→Shanxay)  

4. Odil Ahmedov — 4M € (Anji→Krasnodar)  

5. Sardor Rashidov — 2M € (Bunyodkor→El-Jaish)  

6. Odil Ahmedov — 1.7M € (Paxtakor→Anji)  

7. Server Jeparov — 1.6M € (Seul→Al-Shabab)  

8. Igor Sergeyev — 1.5M € (Paxtakor→Al-Dafra)  

9. Sardor Rashidov — 1.5M € (Lokomotiv→Nasonal)  

10. Sardor Rashidov — 1M € (Al-Jazira→Lokomotiv)  

Ma’lumot uchun, Oston Urunov — 1M € (Ufa→Spartak), Jaloliddin Masharipov — 1M € (Paxtakor→Al-Nassr) va Temurxo‘ja Abduxoliqov — 1M € (Lokomotiv→Xor Fakkan) lar ham ayni Rashidovning narxi bilan bir xil summaga baholangan.

Теги :
Jamiyat