Kelasi mavsum chempioni nomi oldindan ma’lummi?: O‘zbek futbolida ”qishki keldi-ketdi”lar davom etmoqda
10-dekabr kuni O‘zbekistonda rasman qishki transfer oynasi ochildi. U 2025-yilning 25-fevraliga qadar davom etadi. Demak, ushbu kunlar oralig‘ida bizni o‘zbek futboli va futbolchilari bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar kutmoqda.
3 daqiqa o‘qiladi

10-dekabr kuni O‘zbekistonda rasman qishki transfer oynasi ochildi. U 2025-yilning 25-fevraliga qadar davom etadi. Demak, ushbu kunlar oralig‘ida bizni o‘zbek futboli va futbolchilari bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar kutmoqda.
Transferlar oynasi
Futbol olamida “transferlar oyinasi” degan tushuncha bor. U futbolchilarning ma’lum bir faoliyat olib borayotgan klubidan boshqa jamoaga shartnoma tuzilgan holda “ko‘chib o‘tish”i uchun ruxsat berilgan belgilangan vaqtga nisbatan ishlatiladi. Sodda qilib aytganda, Falonchining Tugunchi jamoaga o‘tishi uchun chempionat tomonidan ruxsat berilgan muddat. Bu mavzuga chuqur kirishsak, gap ko‘p. Keling, soddalashtirilgan holda maqolamizni davom ettiramiz. Shunday qilib, bu muddatda futbol ishqibozlari kunora ko‘plab qiziqarli yangiliklarni qabul qiladi. Odatda, har qanday transfer muzokarasi bir paytning o‘zida uchta muhim yo‘nalishda olib boriladi. 1. Sotuvchi va sotib oluvchi klublar o‘rtasida transfer narxini kelishish; 2. Sotib oluvchi klub va futbolchining agenti o‘rtasida futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha; 3. Sotib oluvchi klub va futbolchining agenti o‘rtasida, agentga to‘lanadigan to‘lovning hajmi bo‘yicha.
Rasman amalga oshirilgan transferlar
"Nasaf"
Keldi: Umar Eshmurodov
Ketdi: Viktor Da Silva, Valentino Yuel, Marko Stanoyevich, Zoran Marushich, Jaba Jigauri
OKMK
Keldi: Abror Karimov, Humoyunshoh Sayyotov, Asadbek Sobirjonov, Ahmadullo Muqimjonov
Ketdi: Valijon Rahimov, Shoxruh Gadoyev
"Navbahor"
Keldi: Shahzod Ubaydullayev, Shohmalik Komilov, Sherzod G‘ulomjonov, Mirzohid G‘ofurov, Abbosjon G‘ulomov, Benjamin Teydi, Sergey Karpovich, Gilerme Gedesh, Alisher Odilov
Ketdi: Jamshid Iskanderov, Toma Tabatadze, Yovan Jokich, Abror Ismoilov, Jamshid Boltaboyev, Giorgi Nikabadze, Siyavash Haqnazari
"So‘g‘diyona"
Keldi: Javohir Qahramonov, Jon Junior Igbaruma, Zoir Jo‘raboyev, Ehsoni Panshanbe, Yegor Krimes
Ketdi: Vladimir Yovovich, Sardor Qulmatov, Aleksey Nosko, Jasur Yoqubov, Alisher Salimov, Oleg Zoteyev
"Neftchi"
Keldi: Zoran Marushich, Toma Tabatadze, Abror Ismoilov, Yovan Jokich, Muhammadali G‘iyosov, Vladimir Yovovich, Jamshid Iskanderov, Jamshid Boltaboyev, Ikrom Aliboyev
Ketdi: Javohir Qahramonov, Shohruz Norxonov, Sanjar Qodirqulov, Xurshidbek Muhtorov, Mirzohid G‘ofurov, Abbos G‘ulomov
"Paxtakor"
Keldi: Bashar Resan, Igor Sergeyev
Ketdi: Dragan Cheran, Doniyor Abdumannopov
"Dinamo"
Keldi: Sanjar Qodirqulov, Edem Ne’manov, Akbar Abdurasulov, Mirjahon Mirahmadov, Akbar O‘ktamov, Oleksandr Kucherenko, Marko Stanoyevich
Ketdi: Joel Kojo, Farhod Rahmatov, Muhammadali Tursunov, Sanjar Shoahmedov, Fransis Narx, Dilshod Rahmatullayev, Humoyunmirzo Iminov, Komil Sharofutdinov va Abubakr Muydinov
"Andijon"
Keldi: Doniyor Abdumannopov, Valijon Rahimov, Oleg Zoteyev, Iskandar Shaykulov, Mirzaad Mehanovich, Islam Mashukov
Ketdi: Igor Litovka, Lyubisha Petsel, Levan Arveladze, Farhod Bekmurodov
"Bunyodkor"
Keldi: Abdumavlon Abdujalilov, Odil Hamrobekov, Marko Bugarin, Nikoloz Mali, Imeda Ashortia
Ketdi: Andriya Filipovich, Momchilo Raso, Ahmadullo Muqimjonov
"Qizilqum"
Keldi: Sanjar Quvvatov, Jaba Jigauri, Dushan Miyich, Farhod Rahmatov
Ketdi: Humoyunshoh Sayyotov, Akaki Shulaya, Muhammadali G‘iyosov, Asror G‘ofurov, Robert Ozols, Nikolay Tarasov, Jamoliddin Ubaydullayev,
"Metallurg"
Ketdi: Iskandar Shayqulov, Rahimjon Davronov, Ivan Yosovich, Zabihillo O‘rinboyev, Abrorbek Toshqo‘ziyev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Xudoyshukur Sattorov, Odilbek Abdumajidov, Daler Sharipov, Davron Hoshimov, Abubakir Ashurov
“Surxon”
Keldi: Sunnatilla Poyonov, Sherzod Komilov, Nodir Abdixoliqov
Ketdi: Bobur Asqarov, Diyor Jaloliddinov, Tamirlan Jamalutdinov, Kamron Saydazimov, Mirjalol Abdumutalov, Farruh Ikramov.



