$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonlik futbolchi dunyoning eng kuchli ligasi jamoalari nishonida

Khusanov

Premer-liganing raqobatchi klublari 20 yoshli himoyachi Abduqodir Xusanovni 25 million funt evaziga Lansdan olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniyaning nufuzli manbalardan biri The Telegraph nashri ma’lum qildi.

APL jamoalari qiziqishi

Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri Angliya klublarining O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanovga jiddiy qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Angliya Premer-ligasidagi jamoalarning uchdan biri 20 yoshli iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Avvalroq, Husanovga “Arsenal”, “Chelsi” va “Everton” e’tibor qaratgan bo‘lsa, qishki transfer oynasi ochilishiga yaqin “Tottenxem” va “Nyukasl” bu ishga jiddiy bel bog‘lagan.

Raqobat avjida

Tottenxem” va  “Nyukasl” yanvarda Abduqodir Husanovni transfer qilish uchun kurashga kirishdi. Premer-liga klublari 20 yoshli futbolchini “Lans”ga 25 million funt taklif qilgan holda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. O‘zbekiston terma jamoasining markaziy himoyachisiga “Pari Sen-Jermen” ko‘z tikayotgan bo‘lsa-da, Angliya Premer-ligasining yettita jamoasi ham uni qo‘lga kiritishdan umidvor. “Lans” yanvarda yosh yulduzining transferidan 25 million funt miqdorida katta daromad olishi mumkin, bosh murabbiy Uill Still qo‘l ostida Husanovning o‘yini borgan sari ochilib borayotgani uning narxini yanada ko‘tarilishiga asos bo‘ladi.

Abdukodir Khusanov, un taiseux qui fait parler - Ligue 1 - J10 - PSG-Lens -  SO FOOT.com

Transfer sababi

Tottenxem” yanvarda bu o‘yinchini olish imkoniyatini chamalab ko‘radi. Chunki London klubida asosiy himoyachilar Kristian Romero va Mikki van de Ven jarohat olgan. “Nyukasl” esa Husanovni kelajagi porloq yosh iste’dod egasi sifatida jamoaga olib kelishni maqsad qilgan. Ushbu transfer amalga oshsa, Premer-liga Husanov uchun Fransiya futbolidan keyingi yangi darajada tashlangan qadam bo‘ladi.

Parij jamoasi qiziqishi

Avvalroq Fransiya va dunyoning yetakchi jamoalaridan biri, Parij shahrining “PSJ” futbol klubi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hamda “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingan edi. “Foot Mercato” nashrining xabariga ko‘ra, “PSJ” qishki transfer oynasida himoyachi qidirmoqda va jamoa Husanovni yaxshi variant deb biladi. Uning “Lans” bilan shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi, biroq bu Luis Kamposni uning atrofidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazishdan to‘xtatmadi.

19-летний игрок сборной по футболу Узбекистана Абдукодир Хусанов подписал  контракт с ФК «Ланс» — Uzbekistan News | DARYO.UZ

So‘nggi transfer o‘zgarishi

7-oktyabr kuni Transfermarkt portali Fransiya chempionatida to‘p tepayotgan futbolchilarning transfer narxini yangilagandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi ikki baravarga oshdi va 5 million yevroga yetgan. Bunga qadar Husanovning narxi 2,5 million edi. Abduqodir o‘zbekistonlik futbolchilar orasida narx bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Ayni paytda eng qimmat o‘zbekistonlik futbolchi Abbos Fayzullayev hisoblanadi - 6 million. Husanov esa Eldor Shomurodov bilan birga ikkinchi o‘rinda bormoqda.

“Lans” klubining muvaffaqiyati va kelgusidagi rejalari 

“Lans” klubi keyingi yil yozda Husanovning transferidan kamida 40 million yevro ishlab olmoqchi. Fransiyalik ekspertlarning fikriga ko‘ra, Husanovning transfer bozoridagi narxi 30-40 million yevrogacha oshishi mumkin. “Tvitter” (X) ijtimoiy tarmog‘ida 2 milliondan ortiq obunachiga ega “BeFutbol” sahifasining mashhur “L’Equipe” nashriga tayanib yozishicha, “Lans” 2023-yilda Abduqodir Husanovni “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgan va hozirga kelib o‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachining transfer narxi 100 baravarga oshgan.

Abdukodir Khusanov of Uzbekistan gestures during FIFA U-20 World Cup...  News Photo - Getty Images

Futbolchi haqida

O‘zbekistonlik markaziy himoya vakili o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan yoshlikdan e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Belarusdagi “Energetik-BGU” Minsk klubidagi o‘yinlari sabab 2023-yil yozida “RK Lans” uni atigi 100 000 yevro evaziga transfer qildi. “Liga 1”dagi dastlabki o‘yinlari ehtiyotkor o‘tgan bo‘lsa-da, u tez orada asosiy tarkibdagi muhim o‘ringa ega bo‘ldi. Ilk mavsumidayoq 15 ta o‘yinda maydonda harakatlana oldi. Futbolchimiz “RK Lans”ning himoya markazidagi Kevin Dansoning vorisi sifatida ko‘rilyapti. 1,86 metr bo‘yi va 84 kilogramm vazni bilan u nafaqat duellarda ishonchli, balki hujumchilarga qarshi tezkorligi bilan ham ajralib turadi.

Теги :
Jamiyat