$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Joze Mourinyo Husanovni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi

Husanov

Qishki transfer oynasida himoyasini kuchaytirish ustida bosh qotirayotgan Turkiya jamoasi Abduqodir Husanovga qiziqmoqda.

Transfer tafsiloti

"Sabah" nashri xabariga ko‘ra, 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi yuzasidan Fransiya jamoasiga rasmiy taklif yuborilish arafasida. Turkiya superligasi chempionligini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan "Fenerbaxche" tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Joze Mourinyo himoyani kuchaytirish niyatiida. Qidiruvni boshlagan "kanareykalar" kun tartibida kutilmagan nom paydo bo‘ldi. Himoya markazi uchun 2 nafar futbolchi sotib olishni o‘ylayotgan "Fenerbaxche" "Lans" sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husanov foydasiga qaror chiqardi.

“Lans”ning muvaffaqiyati

“Lans” klubi keyingi yil yozda Husanovning transferidan kamida 40 million yevro ishlab olmoqchi. Fransiyalik ekspertlarning fikriga ko‘ra, Husanovning transfer bozoridagi narxi 30-40 million yevrogacha oshishi mumkin. “Tvitter” (X) ijtimoiy tarmog‘ida 2 milliondan ortiq obunachiga ega “BeFutbol” sahifasining mashhur “L’Equipe” nashriga tayanib yozishicha, “Lans” 2023-yilda Abduqodir Husanovni “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgan va hozirga kelib o‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachining transfer narxi 100 baravarga oshgan.

Husanov haqida

O‘zbekistonlik markaziy himoya vakili o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan yoshlikdan e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Belarusdagi “Energetik-BGU” Minsk klubidagi o‘yinlari sabab 2023-yil yozida “RK Lans” uni atigi 100 000 yevro evaziga transfer qildi. “Liga 1”dagi dastlabki o‘yinlari ehtiyotkor o‘tgan bo‘lsa-da, u tez orada asosiy tarkibdagi muhim o‘ringa ega bo‘ldi. Ilk mavsumidayoq 15 ta o‘yinda maydonda harakatlana oldi. Futbolchimiz “RK Lans”ning himoya markazidagi Kevin Dansoning vorisi sifatida ko‘rilyapti. 1,86 metr bo‘yi va 84 kilogramm vazni bilan u nafaqat duellarda ishonchli, balki hujumchilarga qarshi tezkorligi bilan ham ajralib turadi.

Теги :
Jamiyat