O‘zbekiston tarixida eng yuqori transfer qiymatiga chiqqan futbolchilar
O‘tgan haftada bir qator o‘zbek futbolchilarining bozor qiymati keskin yuqorilab ketdi. Bunday holat o‘zbek futboli tarixida bir necha bor sodir bo‘lgan.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan haftada bir qator o‘zbek futbolchilarining bozor qiymati keskin yuqorilab ketdi. Bunday holat o‘zbek futboli tarixida bir necha bor sodir bo‘lgan. Keling, mavzuga kirishdan oldin atamaning to‘liq mazmuni bilan tanishib olsak. Futbol olamida “transferlar oyinasi” degan tushuncha bor. U futbolchilarning ma’lum bir faoliyat olib borayotgan klubidan boshqa jamoaga shartnoma tuzilgan holda “ko‘chib o‘tish”i uchun ruxsat berilgan belgilangan vaqtga nisbatan ishlatiladi. Sodda qilib aytganda, Falonchining Tugunchi jamoaga o‘tishi uchun chempionat tomonidan ruxsat berilgan muddat. Bu mavzuga chuqur kirishsak, gap ko‘p. Yaxshisi soddalashtirilgan holda maqolamizni davom ettiramiz. Shunday qilib, bu muddatda futbol ishqibozlari kunora ko‘plab qiziqarli yangiliklarni qabul qiladi. Odatda har qanday transfer muzokarasi bir paytning o‘zida uchta muhim yo‘nalishda olib boriladi. 1. Sotuvchi va sotib oluvchi klublar o‘rtasida transfer narxini kelishish; 2. Sotib oluvchi klub va futbolchining agenti o‘rtasida futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha; 3. Sotib oluvchi klub va futbolchining agenti o‘rtasida, agentga to‘lanadigan to‘lovning hajmi bo‘yicha.
Transfer oldi kelishuvlari
Tarmoqda yangiliklarni kuzatar ekansiz, transferlar oynasi ochilmagan vaqtda ham ba’zi futbolchilarning qaysidir jamoa bilan shartnoma imzolagani hamda boshqa klubga o‘tayotgani haqidagi xabarlarga ro‘baro‘ kelasiz. Masalan, “Nasaf” bundan avvalgi mavsum oralig‘ida Islom Kenjaboyevning transferini e’lon qilgandi. Klub aslida 18-dekabrgacha yangi transferni ro‘yxatga olishi mumkin emas, ammo bu klubga futbolchi bilan kelishish, shartnoma imzolashga xalaqit bermaydi.
TOP-10
Hammasini tushunib olgan bo‘lsangiz, endi asosiy mavzuga qaytamiz. O‘zbekiston tarixida bir klubdagi faoliyati davomida eng yuqori transfer qiymatiga chiqgan futbolchilarni ko‘rib chiqamiz.
1. Eldor Shomurodov
- Bozor qiymati: €14.00 million
- Tarixi: 14.10.2021
- Klub: AS Roma
2. Abdukodir Husanov
- Bozor qiymati: €12.00 million
- Tarix: 10.12.2024
- Klub: RC Lens
3. Odil Ahmedov
- Bozor qiymati: €9.00 million
- Tarix: 25.05.2016
- Klub: FC Krasnodar
4. Abbosbek Fayzullaev
- Bozor qiymati: €8.00 million
- Tarix: 12.12.2024
- Klub: CSKA Moskva

5. Vitaliy Denisov
- Bozor qiymati: €7.00 million
- Tarix: 06.01.2016
- Klub: Lokomotiv Moskva
6. Maksim Shatskih
- Bozor qiymati: €4.00 million
- Tarix: 04.10.2004
- Klub: Dinamo Kyiv
7. Server Djeparov
- Bozor qiymati: €4.00 million
- Tarix: 14.04.2009
- Klub: FC Bunyodkor
8. Otabek Shukurov
- Bozor qiymati: €4.00 million
- Tarix: 18.05.2022
- Klub: Sharjah FC

9. Aziz G‘aniev
- Bozor qiymati: €3.50 million
- Tarix: 08.03.2024
- Klub: Shabab Al-Ahli
10. Jaloliddin Masharipov
- Bozor qiymati: €3.00 million
- Tarix: 06.01.2022
- Klub: Al-Nassr



