$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoning eng boy futbol klublaridan biri o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqmoqda

Khusanov

Milliy terma jamoa safida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash uchrashuvlari hamda “Lans” tarkibida Fransiya chempionatida ishonchli o‘yin o‘tkazib kelayotgan Abduqodir Husanovga “Top-5” ligalaridan bir necha klublar qiziqish bildirmoqda.

Husanov grandlar kuzatuvida

Fransiya matbuoti grand klublari orasidan birinchi bo‘lib PSJ o‘zbek futbolchisining iqtidorini payqagani va unga qizish bildira boshlagani haqida ma’lumot tarqatgan edi. Bugungi kunga kelib yana bir nashr PSJ va Abduqodir Husanovga doir yangi ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, “Lans”ning yosh himoyachisi Abduqodir Husanov PSJning qishki transferlar ro‘yxatiga kiritildi. Parijliklar uning xizmatidan foydalanish uchun muzokaralarni tezlashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Transfer ehtimoli yuqori

Nashrning qayd etishicha, mavsum startidan beri o‘z jamoasida yuqori saviyada o‘ynay olishini namoyish qilib kelayotgan o‘zbekistonlik 20 yoshli markaziy himoyachi ko‘plab klublar nazariga tushib ulgurgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi o‘z o‘yini bilan “Lans” rahbariyati va bosh murabbiy Uill Still ishonchini oqlab kelmoqda. Buning samarasida u asosiy tarkibning muqim o‘yinchisiga aylanib ulgurdi. “Lans” eng iqtidorli o‘yinchilaridan birini qo‘ldan chiqarishi ehtimoli oshib bormoqa, chunki Abduqodir Husanovga Yevropaning grand klublari jiddiy qiziqa boshlagan va uning atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib borishyapti.

PSJning rejasi

Ekspertlar o‘zbek himoyachisi uchun kurashda PSJ Angliya Premer-ligasi klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Fransiya chempioni Abduqodirni Milan Shkrinyarning o‘rniga olib kelishni mo‘ljallagan. Slovakiya terma jamoasining mashhur o‘yinchisi yanvarda boshqa klubga o‘tib ketmoqchi. Ichki raqobatda Markinos va Uilyam Pacho bilan raqobatlasha olmay, o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan “Inter”ning sobiq futbolchisi yanvarda boshqa klubga o‘tib ketishga qaror qildi. Qishki transferlar vaqtida Husanovni transfer qilishni mo‘ljallayotgan klublar orasida “Nyukasl” va “Everton” ham bor. Raqobatning kuchayib borayotgani himoyachining transfer summasi keskin ko‘tarilib borishiga turtki bo‘lmoqda.

Futbolchining transfer qiymati

Transfermarkt portali ekspertlari uning ayni paytdagi transfer summasini 5 million yevro ekanini qayd etgan. Biroq mavsum boshlanganidan keyin amalda bu summa kamida ikki baravarga oshgani ta’kidlandi. Xususan, Fransiyaning eng nufuzli nashri – L’Équipe Husanovning hozirgi bahosi 10 million yevrodan yuqori ekanini yozmoqda. Agar “Lans” mutasaddilari o‘z futbolchisi qo‘yib yuborishga rozi bo‘lsa, mo‘maygina daromad ishlab olishi mumkin.

Теги :
Jamiyat