$
 12865.05
16.67
 13550.76
38.12
 116.73
-3.34
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbek sugʻurta bozorida jon muhimmi yoki mol?

sug

Joriy yilning o‘tgan davrida 2 930 ta sug‘urta hodisasi yuzasidan murojatlar bo‘yicha 38 mlrd. so‘mdan ortiq sug‘urta tovonlari to‘lab berildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Umrzaqova ma’lum qildi.

Qancha murojaat kelib tushdi?

Ma’lum qilinishicha, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatiga 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 3 270 ta murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning qariyb 90 foizi mazmunan sug‘urta qoplamasini to‘lab berish bilan bog‘liq. Ushbu murojaatlarning 2 974 tasi qanoatlantirildi, 183 tasi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan. Hozirgi kunda 45 ta murojaatni o‘rganish jarayoni davom etmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida kompaniya tomonidan mijozlarga jami 2 930 ta sug‘urta hodisasi yuzasidan kelgan murojatlar bo‘yicha 38 mlrd. so‘mdan ortiq sug‘urta tavonlari to‘lab berildi. Shuningdek, sug‘urta hodisasi tasdiqlanmaganligi tufayli 33 ta murojaat rad etilgan. 

Ko‘proq qaysi sug‘urta turlari bo‘yicha to‘lanmoqda?

“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan 2024-yilning o‘tgan davrida sug‘urtalanuvchilarga to‘lab berilgan to‘lovlar, asosan quyidagi sug‘urta turlari kesimida amalga oshirildi:

  1. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashda 774 ta murojaat yuzasidan 7.2 mlrd. so‘m;
  2. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash sug‘urta turi bo‘yicha jami 41 ta holatda 15.9 mlrd. so‘m;
  3. Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart ixtiyoriy sug‘urtalash bo‘yicha 1 263 ta murojaat yuzasidan 732.6 million so‘m; 
  4. Shuningdek, 852 ta holat yuzasidan 14.2 mlrd. so‘mlik sug‘urta qoplamalari boshqa sug‘urta turlari bo‘yicha mijozlarga to‘lab berildi.
Теги :
Jamiyat