$
 12749.75
7.99
 14142.02
106.97
 140.25
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda tadbirkorlarning tovarlari erkin harakatlanishiga cheklov qo’yilmaydi

positive

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Cheklovlarga yo’l qo’yilmaydi

Tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining hududiy prinsip bo‘yicha erkin harakatlanishini cheklashga, to‘xtatib turishga va taqiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tovar aylanmasidagi qiyinchiliklar

So‘nggi yillarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda xarid qilingan paxta chigitini bir viloyatdan (shahardan) boshqa viloyatga (shaharga) olib chiqishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan noroziliklar bildirgan ko‘plab murojaatlar bo‘lgandi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligining, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘lar erkin harakatlanishining kafolati mustahkamlandi.

Ro’yxatdan o’tgan hudud muhim emas

Tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining, ushbu subyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi ta’minlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda turtilgan qonun qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 5-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2024-yil 18-mayda ma’qullangan.

Теги :
Жамият