Chorshanba, 28-oktabr, 2026
Havo 128 sezgirlar uchun zararli Tirbandlik xaritasi
⛅ +19° kechasi +10°

Toshkentdan vodiy tomon harakatlanish ikki kunga cheklanadi

Toshkentning Bektemir tumanidan o‘tuvchi A373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining Chirchiq daryosi ustidagi ko‘prigida ta’mirlash ishlari sabab ayrim yo‘nalishlar vaqtincha o‘zgartiriladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Yo'l

Toshkentning Bektemir tumanidan o‘tuvchi A373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining Chirchiq daryosi ustidagi ko‘prigida ta’mirlash ishlari sabab ayrim yo‘nalishlar vaqtincha o‘zgartiriladi.

28-oktyabr soat 08:00 dan 30-oktyabr soat 08:00 gacha poytaxtdan vodiy tomon harakatlanish yopiladi.

Shu davrda Toshkentdan Ohangaron shossesiga chiqish uchun haydovchilar D001 “Toshkent halqa avtomobil yo‘li”ning 47-kilometrida joylashgan Rohat aylanma yo‘lidan Qo‘yliq tomonga yo‘naltiriladi.

Yuqorichirchiq tumanidan poytaxtga kirayotgan transport vositalari esa D012 avtomobil yo‘lining 6-kilometridan Yik-ota va Farg‘ona yo‘li yo‘nalishi orqali harakatlanadi.

Haydovchilardan safar vaqtini oldindan hisobga olish, yo‘nalishlarni rejalashtirish va vaqtinchalik yo‘l belgilariga rioya qilish so‘raldi.