Dushanba, 16-noyabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +1°

Toshkentda avtobus va metroda yo‘l haqini 50 foiz chegirma bilan to‘lash mumkin bo‘ladi

16-noyabrdan boshlab Ipoteka bank OTP Group’ning yangi UZCARD kartalari egalari Toshkentdagi avtobus va metroda yo‘l haqini 2 500 so‘m o‘rniga 1 250 so‘mdan to‘lashlari mumkin.

2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtobus va metroda yo‘l haqini 50 foiz chegirma bilan to‘lash mumkin bo‘ladi

Toshkentda avtobus va metro qatnovlari uchun yo‘l haqini ikki baravar arzon to‘lash imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Ipoteka bank OTP Group, UZCARD va ATTO hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan aksiya doirasida ayrim bank kartalari egalari odatdagi 2 500 so‘m o‘rniga 1 250 so‘m to‘lashlari mumkin.

Chegirmadan kimlar foydalanishi mumkin?

Aksiya 2026-yil 16-noyabrdan 16-dekabrgacha amal qiladi. Undan shu muddat ichida Ipoteka bank OTP Group’da yangi UZCARD, UZCARD Moment yoki UZCARD Kids kartasini rasmiylashtirgan mijozlar foydalanishi mumkin. Chegirma har bir karta uchun kuniga dastlabki ikki qatnovga amal qiladi. Aksiya davomida esa bitta karta orqali jami 30 tagacha safarni 50 foizlik chegirma bilan amalga oshirish mumkin.

Chegirmadan qanday foydalaniladi

Buning uchun Ipoteka bankning istalgan filialida aksiyada ishtirok etuvchi kartalardan birini rasmiylashtirish va avtobus yoki metroda yo‘l haqini to‘lashda kartani ATTO validatoriga tekkizish kifoya. Chegirma avtomatik qo‘llaniladi. Qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish yoki xizmatni faollashtirish talab etilmaydi.

Qaysi kartalarga chegirma berilmaydi?


Aksiya boshlanishidan oldin rasmiylashtirilgan kartalar, ish haqi loyihalari doirasida chiqarilgan va korporativ kartalar uchun chegirma amal qilmaydi. Aksiyada bolalar uchun mo‘ljallangan yangi UZCARD Kids kartalari ham ishtirok etadi. Bu ota-onalarga farzandlarining jamoat transportidagi qatnov xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Ipoteka bank OTP Group To‘lov kartalari biznesi departamenti eksperti Izzat Sobirovning ta’kidlashicha, UZCARD va ATTO bilan hamkorlikdagi tashabbus naqdsiz to‘lov imkoniyatlarini kengaytirish hamda jamoat transportidan foydalanishni mijozlar uchun yanada qulay va hamyonbop qilishga qaratilgan. Aksiya shartlari bilan Ipoteka bank OTP Group rasmiy saytida tanishish yoki bankning 1233 raqamli Kontakt markazi orqali qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin.

Reklama huquqi asosida