$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

To‘qayevning “taxt”dan tushish niyati yo‘q

Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Ana tili” gazetasiga bergan intervyusida o‘z lavozimini muddatidan oldin tark etish niyatida emasligini aytdi.

Mish-mishlar tasdiqlanmadi

Bundan bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda To‘qayevning BMTga rahbarlik qilish rejalari sababli 2026-yilda Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, mamlakat prezidenti “Ana tili” respublika gazetasiga bergan intervyusida, davlatni rivojlantirish borasida ko‘p yillarga mo‘ljallangan katta rejalari borligini va ularni amalga oshirish niyatidaligini aytib o‘tdi.

Bu mavzu men uchun yangilik emas

Qozog‘iston Prezidenti intervyu davomida AQSh prezidenti undan Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini so‘raganini ma’lum qildi. “Telefon suhbati chog‘ida Donald Tramp Ukrainadagi harbiy harakatlarni tugatish haqidagi qarashlarimiz haqida so‘radi. Bu mavzu men uchun yangilik emas, chunki 2024-yil davomida ko‘plab davlat rahbarlari va xalqaro tashkilotlar ham xuddi shunday savol bilan murojaat qilishgan. Vaziyat o‘ziga xos: Rossiya harbiy jihatdan yengilmas, Ukraina esa G‘arb ittifoqchilari yordamida urushdan omon qolishga, hech bo‘lmaganda uni boy bermaslikka umid qilmoqda”, deydi To‘qayev.  

Tashqi tendensiyalarning salbiy ta’sirini minimallashtirishga intilamiz

Qosim-Jomart To‘qayev, shuningdek, mamlakatning tashqi maydondagi siyosati haqida ham fikr bildirgan. “Gap shundaki, xalqaro maydondagi keskinlik Qozog‘istonning ayrim davlatlar bilan savdo-siyosiy munosabatlariga ta’sir qiladi, shuning uchun biz tashqi tendensiyalarning salbiy ta’sirini minimallashtirishga intilamiz. Qozog‘iston barcha manfaatdor davlatlar bilan pragmatik va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatishni maqsad qilgan”, deydi prezident.

Теги :
Jamiyat