$
 12502.99
-21.9
 14484.71
28.48
 155.94
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

TON O‘zbekistondagi birinchi qonuniy kriptovalyutaga aylanishi mumkin

ton

VKontakte va Telegram media platformalarining asoschisi Pavel Durov ayni vaqt Toshkentda bo‘lib turibdi. Durov Toshkentdagi fitnes-zallaridan birida ko‘rinish bergan. Shuningdek, Durovning O‘zbekistonga tashrifi haqiqda unga Markaziy Osiyo safarida hamrohlik qilayotgan bloger Guseyn Gasanov ham ma’lum qilgan.

Telegram banki va Toncoin

Ma’lum bo‘lishicha, Telegram asoschisi Toncoin (TON) kriptovalyutasini qonuniylashtirish va Wallet’ga (Telegram hamyoniga) kirishni ochish masalasini hal qilish uchun O‘zbekistonga uchib kelgan. OAV xabarlariga ko‘ra, TON O‘zbekistondagi birinchi qonuniy kriptovalyutaga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashgan mamlakatdagi birinchi Telegram banki haqida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Pavel Durov kim?

Pavel Valerevich Durov — rossiyalik tadbirkor, dasturchi va ijtimoiy media platformalarning asoschisi. U 1984-yilning 10-oktyabrida Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahrida tug‘ilgan. Durov VKontakte (VK) ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri bilan tanilgan. U hukumat nazorati va senzuraga qarshi qat’iy pozitsiyada turib, o‘zining platformalarida foydalanuvchilarning ma’lumotlarini himoya qilishga harakat qiladi. Pavel Durov Rossiyadan chiqib ketgan va turli mamlakatlarda yashagan. U ko‘pincha turli davlatlarda vaqt o‘tkazadi va o‘zining biznesini xalqaro darajada olib boradi.

VKontakte 

Durov 2006-yilda VKontakte ijtimoiy tarmog‘iga asos solgan. VKontakte Rossiya va boshqa MDH davlatlarida katta mashhurlikka erishadi va Facebook’ning mahalliy alternativasiga aylanadi. VKontakte qisqa vaqt ichida millionlab foydalanuvchilarni to‘playdi va Rossiyaning yetakchi ijtimoiy tarmog‘iga aylanadi. 2014-yilda Pavel Durov VKontakte’dan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

Telegram

Mashhur platformalar asoschisi 2013-yilda Telegram messenjeriga asos soladi. Telegram dastavval xavfsizlik, maxfiylik va tezkorlikka alohida e’tibor qaratadigan messenjer sifatida tanilgan. Platforma bugungi kunga kelib dunyoning eng mashhur messenjerlaridan biriga aylangan va milliardlab foydalanuvchilarga ega.

Теги :
Jamiyat