$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Afg‘onistonda bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar O‘zbekiston uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin

Jangarilar

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqdagi turli manbalar Afg‘onistondagi siyosiy o‘zgarishlar haqida xabar berib, “Haqqoniy tarmoq” rahbari Sirojiddin Haqqoniyning hokimiyat tepasiga kelishi haqida yozmoqda. Hokimiyat tepasiga kelishi aytilayotgan Haqqoniy ayni dam mamlakat ichki ishlar vaziri vazifasini bajarib kelmoqda.

Afg‘oniston hokimiyatidagi o‘zgarishlar kutilmasi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Haqqoniy “Qobul Tolibon” vakili bo‘lib, “Qandahor Toliboni” vakili bo‘lgan Tolibon amiri Mavlaviy Haybatulloh Oxundzoda o‘rnini egallaydi. “Tolibon” ma’muriyatiga tayanilgan holda xabar tarqatayotgan manbalarga ko‘ra, Oxundzoda “aqldan ozgan” deb e’lon qilingan. Siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, agarda ma’lumotlar tasdiqlansa, Afg‘onistondagi vaziyat 180 gradusga o‘zgaradi. Buning natijasida davom etadigan jarayonlar Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan, birinchi navbatda O‘zbekiston uchun jiddiy xavf va tahdidlarni keltirib chiqarishi kutilmoqda.

Haqqoniy tarmog‘i

Haqqoniy tarmog‘i terrorchilik yo‘nalishidan tashqari xalqaro terrorchi guruhlar bilan yaqin aloqalari bilan ham tanilgan. Uning hokimiyat tepasiga kelishi ehtimoli Afg‘onistonning shimoliy chegaralarida terrorchilik faoliyatining kengayishiga olib kelishi mumkin, bu esa mintaqa mamlakatlarida terrorchilik hujumlari xavfini yuzaga keltirish ehtimolini oshiradi. Haqqoniy tarmog‘i qo‘shni mamlakatlarda radikallar ta’sirini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan islomning qattiqqo‘l versiyasiga (salafiylik, takfirizm) amal qiladi. Bu muhitda, albatta, Markaziy Osiyoda terrorchi guruhlarning mudroqdagi yacheykalarining faollashishini inkor etib bo‘lmaydi. 

Afg‘onistondagi mojarolarning mintaqaga ta’siri

Afg‘onistondagi mojarolar kuchayib ketsa, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonga qochqinlarning katta oqimi kelish ehtimoli ham yo‘q emas. Sir emaski, Afg‘oniston giyohvand moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchilar qatorida. Buni qarangki, Haqqoniy tarmog‘i ham qolganlar kabi an’anaviy ravishda giyohvand moddalar savdosidan pul topadi. Bu ham mintaqaga potensial xavf demak. AQSh Haqqoniy bilan aloqalaridan Rossiya va Xitoyga bosim o‘tkazish uchun foydalanish ehtimoli ham mavjud. 

O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘l koridori va boshqa infratuzilma loyihalariga umid bog‘lagan edi. Hoqqoniyning hokimiyat tepasiga kelishi bu rejalarni buzishi va mamlakatni strategik imkoniyatlardan mahrum qilishi mumkin.

Теги :
Jamiyat