$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tolibon” va Tojikiston munosabatlari keskinlashishi mumkin

Abbos Stanakzay

“Tolibon” tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari qo‘shni mamlakatlarni Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

Tolibon chaqirig‘i

“Tolibon” tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Stanakzay qo‘shni mamlakatlarni Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi. Ekspertlarning fikricha, Stanakzayning bu so‘zlari yaqinda Pokiston razvedkasi boshlig‘i — general Asim Malik tashrif buyurgan Tojikistonga qarata aytilgan. Ushbu voqealar fonida, “Tolibon”ga qarshi harakat vakillari "Jamoat Ansarulloh" tashkiloti ISHID-Xuroson bayrog‘i ostida Tojikistonga hujum qilishni rejalashtirayotganini ogohlantirgan. 

Tojikiston va Pokiston aloqalari

Avvalroq Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi fonida Pokiston idoralararo razvedkasi (ISI) rahbari general Asim Malik Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilingani ma’lum qilingan. Ekspertlarga ko‘ra, Tojikiston Toliboning muxoliflari, jumladan, Ahmad Mas’ud boshchiligidagi "Afg‘oniston milliy qarshilik fronti" bilan yaqin aloqada.

Теги :
Jamiyat