Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

Afg‘onistonda ham fuqarolar urushi “pishib yetilyaptimi?”

Ekspertlarga ko‘ra, Tolibon Ichki ishlar vaziri va Haqqoniylar guruhi yetakchisi Sirojiddin Haqqoniyning amakisi Migratsiya ishlari bo‘yicha vazir Hoji Halil ar-Rahmon Haqqoniyning o‘ldirilishi ichki vaziyatni keskinlashtirmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda ham fuqarolar urushi “pishib yetilyaptimi?”

Bundan bir necha kun avval Kobulda Tolibon Ichki ishlar vaziri va Haqqoniylar guruhi yetakchisi Sirojiddin Haqqoniyning amakisi Migratsiya ishlari bo‘yicha vazir Hoji Halil ar-Rahmon Haqqoniy o‘ldirildi. Siyosatshunoslar bu masala bo‘yicha turli fikr va munosabatlarni bildirishmoqda.

Ichki fitna

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu hujum ichki qarama-qarshilik natijasidir. Hammaga ma’lumki, Tolibon elitasi ichida birlik mavjud emas. Harakat bir nechta faol fraksiyalarga bo‘lingan. Aynan shularni hisobga olsak, buni ichki fitna deyilsa bo‘ladi. Haqqoniyning o‘ldirilishiga buyruqni Qandahorda mustahkam joylashib olgan Tolibon amiri bergan. Maqsad - Haqqoniylar guruhini kuchsizlantirish.

Yangi fuqarolar urushi

Ekspertlarga ko‘ra, bu taxmin rost bo‘lib chiqsa, Haqqoniylar tez orada javob berishi aniq. Ammo bu borada nishonda kim bo‘lishi bizga noma’lum. Shunday qilib, ichki siyosiy vaziyat yanada keskinlashib ketsa, bu shubhasiz yangi fuqarolar urushining boshlanishiga olib keladi.

Ichki kurash

Mamlakatdagi ichgi guruhlar o'rtasida mafkuraviy umumiylikka qaramay, ko‘pincha hokimiyat, resurslarni taqsimlash va mamlakatni boshqarish strategiyasi borasida ziddiyatlar mavjud. Masalan, Haqqoniy tarmog‘i va Yosh avlod vakillari Pokiston, Saudiya Arabistoni, BAA kabi tashqi o‘yinchilar bilan yanada pragmatik va strategik aloqada bo‘lishga moyil, Qandahor guruhi esa ko‘proq konservativ va izolyatsiya siyosatini afzal ko‘radi.Ushbu kelishmovchiliklar Tolibonning birligi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida Afg‘oniston ustidan toliblar nazoratini susaytirishi va mamlakat ichida ham, xalqaro maydonda ham qarshilikning kuchayishiga olib kelishi mumkin.