$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda “respublika – viloyat – tuman” vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi

positive

Xududlarda sanoat salohiyati oshiriladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Prezident qarori

Qayd etilishicha, 15-avgust kuni Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, tuman va shaharlarda sanoat korxonalari bilan ishlash bo‘yicha "respublika – viloyat – tuman" tamoyili asosida vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Hududlarda sanoat korxonalari bilan manzilli ishlash maqsadida tuman va shaharlarda hokimning birinchi o‘rinbosari boshchiligida soliq va statistika organlari, banklar va iqtisodiy infratuzilma korxonalarining rahbarlarini o‘z ichiga oluvchi hududiy shtablar tashkil qilinadi.

Shuningdek, iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari rahbarligida hududiy shtablar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika shtabi joriy qilinadi.

Sanoatni rivojlantirish yig‘ma bo‘limlari

2024-yil 1-sentyabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish yig‘ma bo‘limlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etiladi.

Теги :
Jamiyat