Tillafurushlar qo‘lga olindi
Shofirkon tumanida sof quyma oltin bo‘lagini sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Tillafurushlar qo‘lga olindi
Shofirkon tumanida sof quyma oltin bo‘lagini sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi.
Tezkor tadbir
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda noqonuniy oltin savdosining oldi olindi.
11 000 dollarga baholangan oltin
Fuqarolar I.I. va S.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqarolar N.B. va U.M. ga og‘irligi 154,3 gramm bo‘lgan 1 dona sof quyma oltin bo‘lagini 11 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Jinoyat ishi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi ya’ni valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



