$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelishadi?

positive

Bu ro‘yxatda Turkmaniston yetakchilik qilmoqda.

2,8 barobarga o‘sish

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 65 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 42 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.

Mamlakatlar kesimida

Tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Turkmaniston — 37 942 nafar;

Tojikiston — 21 451 nafar;

Afg‘oniston — 1 569 nafar;

Xitoy — 723 nafar;

Hindiston — 582 nafar;

Turkiya — 529 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 385 nafar;

Janubiy Koreya — 329 nafar;

AQSH — 199 nafar;

Rossiya — 157 nafar;

boshqa davlatlar — 1 102 nafarni tashkil etgan.

2023-yilda holat qanday edi?

2023-yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida tashrif buyurganlar soni 70,4 ming nafarni tashkil etgan edi.

Bunda ham Turkmaniston 46,5 ming nafar tashrif bilan yetakchilik qilgan. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston 14,8 ming nafar, Afg‘oniston 1,9 ming nafar, Turkiya esa ming nafarni tashkil etgan.

Теги :
Jamiyat