$
 12880.35
-29.8
 14535.47
-125.3
 156.68
-3.1
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Tibbiyotda milliy akkreditatsiya tizimi joriy etiladi

tibbiyot tibbiyot

Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish talablari va shartlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqadi.

Xususiy tibbiyot tashkilotlari ham akkreditatsiyadan o‘tadimi?

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilayotgan yangiliklar haqida xabarlar e’lon qilingan edi.

Ularning yakuniysi esa xususiy tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash sohasi bilan bog‘liq.

Xalqaro standartlar asosida

Bu haqda Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash boshqarmasi boshlig‘i Mirzamahmud Shadmanov batafsil ma’lumot berdi:

“Markazimiz tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ekspertlarni sertifikatlashda ishtirok etadi. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish talablari va shartlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqadi. Bu sohada xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ham o‘z samarasini berishi, shubhasiz.”

Tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazorati

Buning natijasida xususiy sektordagi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash hisobiga yuqori tibbiy sifat va bemorlar xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblangan milliy akkreditatsiya tizimi joriy etiladi.

Shuning bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasi kundan-kun rivojlanib borayotganini inobatga olib, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tartiblarni doimiy takomillashtirib borish ham ko‘zda tutilgan.

Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini olib boradi. Milliy akkreditatsiyadan o‘tish tibbiyot tashkilotlari uchun xalqaro akkreditatsiyaga o‘ziga xos tayyorgarlik bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 

Normativ-huquqiy baza ishlab chiqiladi

Tibbiyot tashkilotlari faoliyatining sifati va menejmentini tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza ishlab chiqiladi. Bularning barchasi tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanishi, xususiy sog‘liqni saqlash tizimi va umuman, tibbiy xizmatlar bozorining rivojlanishiga xizmat qiladi. Asosiysi, fuqarolarning sifatli va xavfsiz tibbiy xizmatlar olish borasidagi manfaatlarini huquqiy himoya qilish tizimi yaratiladi.

Теги :
Jamiyat