O‘zbekistonning tibbiy imkoniyatlari qanchalik rivojlanmoqda?
Bugungi kunda yurtimizda 105,7 ming nafar shifokor va 1 432 ta shifoxona faoliyat ko'rsatadi.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning tibbiy imkoniyatlari qanchalik rivojlanmoqda?
Bugungi kunda yurtimizda 105,7 ming nafar shifokor va 1 432 ta shifoxona faoliyat ko'rsatadi.
O‘sish ko‘rsatkichi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi shifokorlarning umumiy soni 105,7 ming nafarni tashkil etmoqda.
O‘sish ko‘rsatkichi esa, 2019-yil bilan solishtirganda shifokorlar soni 13,8 ming nafarga oshganligini ko‘rsatmoqda.
Yillar kesimida:
2019-yil – 91,9 ming nafar;
2020-yil – 93,3 ming nafar;
2021-yil – 95,6 ming nafar;
2022-yil – 100,5 ming nafar;
2023-yil – 105,7 ming nafarni tashkil etgan.
Shifoxonalar soni
Bundan avvalroq O‘zbekistondagi shifoxonalarning rivojlanish ko‘rsatkichi haqida ham xabar bergan edik.
Bunga ko‘ra, Respublikasida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 1 432 tani tashkil etib, 2019-yilga nisbatan 227 taga ko‘payganligini ko‘rish mumkin.
Bu yillar kesimida:
2019-yil – 1 205 ta
2020-yil – 1 232 ta
2021-yil – 1 281 ta
2022-yil – 1 328 ta
2023-yil – 1 432 tani tashkil etgan.
O‘zbekistonda shifokorlarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda quyidagi asosiy yo‘nalishlarda shifokorlar faoliyat ko‘rsatmoqda:
1. Umumiy amaliyot shifokorlari
2. Pediatrlar
3. Jarrohlar
4. Ginekologlar
5. Terapevtlar
6. Kardiologlar
7. Nevrologlar
8. Psixiatrlar
9. Endokrinologlar.
Bundan tashqari shifokorlarga qo‘yiladigan ma'lum talablar ham mavjud. Bular:
1. Diplom va sertifikatlar. Tibbiyot universitetlarini tamomlaganlik va mutaxassislik bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lish.
2. Amaliyot: Stajirovka va amaliyot muddati(odatda 1-2 yil).
3. Litenziya: Shaxsiy tibbiyot amaliyoti uchun davlat litenziyasini olish.
4. Malaka oshirish: Har yili yoki har ikki yilda malaka oshirish kurslariga qatnashish.
5. Davlat va xususiy klinikalarda ishlash tajribasi: Bu tajriba ishga qabul qilish jarayonida katta ahamiyatga ega.



