$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yashash joyi o‘zgargan fuqarolar oʻsha joydagi tibbiyot muassasalariga onlayn hisobga qoʻyiladi

poliklinika

Fuqaro doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyini oʻzgartirsa, yagona portal orqali murojaat yoʻllaydi va yangi manzilidagi davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyiladi.

Vazirlar Mahkamasining yangi qarori

Vazirlar Mahkamasi “Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi.

Bu qarorni qabul qilishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmoni ijrosini ta'minlashdan iborat.

Nimalar belgilandi?

Fuqarolarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning ma'muriy reglamenti loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Loyihada:

jismoniy shaxsning doimiy yashash yoki vaqtinchalik turgan manzili oʻzgarganda ixtiyoriy ravishda yangi manzildagi davlat tibbiyot muassasalariga kompozit shaklda (bitta murojaat asosida) hisobga qoʻyish;

davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyilganligi haqida ma'lumotnoma taqdim etish;

davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartiblari belgilanmoqda.

Yangi tartib 1-yanvardan kuchga kiradi

Sogʻliqni saqlash va Raqamli texnologiyalar vazirliklari bu davlat xizmatini 2025 yil 1-yanvarga qadar yoʻlga qoʻyishi kerak boʻladi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish esa Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov zimmasiga yuklatildi.

Теги :
Jamiyat