$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi yil bayrami va dam olish kunlarida barcha tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi

shifoxona

Prezidentning tegishli hujjatlariga asosan Yangi yilda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan yurtdoshlarimiz ketma-ket 5 kun, besh kunlik ish haftasidagilar esa 6 kun dam oladi. Xo‘sh, ushbu sanalarda mamlakatimiz tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlaydi? Qaysi shifo maskanlarida qanday profilaktik-tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi? Bu savollarga SSV matbuot xizmati javob berdi.

24/7 ishlaydi

Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarda tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etildi.

Shuningdek, 28-dekabr – 2-yanvar kunlari mamlakatimizdagi tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari hamda hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Dori-dormonlar zaxirasi

Qolaversa, bayram kunlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 ga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.

Tug‘uruqxona va bolalar shifoxonalari ish rejimi

Bemorlarga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishda tez tibbiy yordam xizmatining o‘rni beqiyos. Chunonchi, Yangi yil bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida mazkur soha egalari ham odatiy ish faoliyatini davom ettiradi. Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazining mamlakatimiz bo‘ylab 2 800 dan ortiq tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimiy shay holda. Bundan tashqari, bayram kunlari yurtimizdagi 230 ta tug‘uruq, 235 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi. Respublika Call-markazi (1003) orqali esa tibbiyotga tegishli savollarga malakali mutaxassislardan tun-u kun javob olish mumkin.

Теги :
Jamiyat