Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Tibbiyot xodimlarini kaltaklaganlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin. Faqat…

2019—2023-yillarda 158 nafar tibbiyot xodimi xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot xodimlarini kaltaklaganlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin. Faqat…

Tibbiyot sohasi xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ularga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi kerak. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova ma’lum qildi.

Ularni o‘zining hayoti haqida o‘ylashgan vaqti yo‘q

Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati davomida o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yish holatlari ko‘payib bormoqda. Yaqinda Qo‘stanayda tez tibbiy yordam feldsheriga hujum uyushtirildi. Chaqiruvga asosan kelgan yosh ishchi Anel Baymurzina olgan jarohatlari ortidan kasalxonaga yotqizildi.

Shu bilan birga, vazir shoshilinch tibbiy yordam xodimlari inson hayotining eng xavfli davrida yordamga kelganda, o‘zining hayoti haqida o‘ylashga vaqti yo‘qligini ham ta’kidlagan.

4 yilda 158 nafar tibbiyot xodimi kaltaklangan

Akmaral Alnazarova taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-2023-yillarda Qozog‘istonda 158 nafar tibbiyot xodimi xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tibbiyot xodimlariga xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida sodir etilgan bosqin va zo‘ravonlik harakatlari uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish taklifi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

“Bunday harakatlar adolatli jazolanishi, jumladan, erkinlikni cheklash va jamoatchilik tomonidan qoralanishi kerak”, – degan vazir.