$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Janubiy Koreya Toshkent–Samarqand temiryo‘lining yangi tarmog‘ini loyihalashtirishni boshladi

tezyurar

Janubiy Koreya milliy temiryo‘l korporatsiyasi (KORAIL), Saman va Dongmeong Technology Corporation kompaniyalaridan iborat K-Railway guruhi Toshkent–Samarqand yo‘nalishida ilg‘or tezyurar temiryo‘l texnologiyalarini tatbiq etishni boshladi. Loyihani Janubiy Koreya eksport-import banki buyurtma qilgan bo‘lib, bu jarayon 15 oy ichida, 2026-yil mart oyigacha yakunlanishi rejalashtirilgan

 Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi  

Maʼlumot uchun, 2023-yil sentyabr oyida prezidentToshkent–Samarqand, Samarqand–Navoiy–Buxoro yo‘nalishlarida yangi tezyurar temiryo‘l liniyalarini qurish rejalarini e’lon qilgan edi. Ushbu loyiha ushbu tashabbusning amaliy bosqichlaridan biri hisoblanadi

 Hyundai Rotem bilan hamkorlik

O‘zbekiston joriy yil iyun oyida Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bitimga ko‘ra, 6 ta tezyurar poyezd xarid qilinib, Toshkent—Urganch—Xiva yo‘nalishiga qo‘yiladi. Jaloliddin Manguberdi deb nomlanadigan poyezd masofani yetti soatda bosib o‘tadi.

O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan tezyurar poyezd KTX-Eum poyezdining o‘xshashi bo‘lib, u o‘z navbatida 430 km/soat tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan HEM-430X tezyurar poyezdi negizida yaratilgan. Har biri yetti vagonli poyezd 389 o‘ringa ega bo‘ladi va VIP, biznes va ekonom klasslarni, shuningdek, ovqatlanish vagonini o‘z ichiga oladi.

Теги :
Jamiyat