Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Endi texnikum bitiruvchilari ikkinchi yoki uchinchi kursdan boshlab OTMlarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin

Bu taklif 28-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yakuniy natijalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida muhokama qilindi.

2 daqiqa o‘qiladi

Endi texnikum bitiruvchilari ikkinchi yoki uchinchi kursdan boshlab OTMlarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin

Bu taklif 28-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yakuniy natijalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida muhokama qilindi.

Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishi

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yakuniy natijalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va yoshlar siyosati sohasida yangi vazifalar va takliflar muhokama qilindi.

“Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarning nazariy qismida hamisha yuqori natijalarga erishayotganiga qaramay, laboratoriya mashg‘ulotlarida past ball olishmoqda”, — deyiladi yig‘ilishda.

Olimpiadaga tayyorgarlik markazi

Shu munosabat bilan Prezident maktablari agentligi qoshida maxsus laboratoriyalar bilan jihozlangan Olimpiadaga tayyorgarlik markazi tashkil etiladi. Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar ushbu markazda tayyorlanadi. Har bir fan bo‘yicha malakali olimlar, xorijlik mutaxassislar jalb etiladi.

Texnikum bitiruvchilari OTMlarga qabuli

Oliy ta’limning birinchi va ikkinchi kurslari fanlari texnikumlar bilan integratsiyalashtiriladi. Texnikumlarni yaxshi baholar bilan tamomlagan yoshlarga xalqaro tasnifga mos keladigan diplom beriladi. Ularga oliy o‘quv yurtida ikkinchi yoki uchinchi kursdan shartnoma asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyati beriladi.

“Tegishli kasbiy malakaga va ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan yoshlar korxonalar tavsiyasiga koʻra oliy oʻquv yurtlariga shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Laboratoriyalar uchun yagona onlayn platforma

Shuningdek, universitetlar, vazirlik va korxonalarga qarashli laboratoriyalar uchun yagona onlayn platforma yaratiladi. Toshkent texnika universiteti, Samarqand va Urganch davlat universitetlarida ilmiy markazlar tashkil etiladi. Yosh olimlarning ilmiy izlanishlari uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, butlovchi qismlar va kimyoviy reagentlar bojdan ozod qilinadi.