$
 12937.93
45.02
 14665.14
152.88
 161.10
0.76
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda aqlli mini-texnikalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

positive

Malayziya kompaniyasi bilan bu borada uchrashuv o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligi borasidagi uchrashuv

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas'ullari Malayziyaning “Meraque Group Snd Bhd” kompaniyasi direktori I.Lii bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikning har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli yo‘nalishlari amalga oshiriladigan loyihalarning istiqbollari bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, “Meraque Group Snd Bhd” kompaniyasi direktori I.Lii tomonidan kompaniya faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazilib, uning 2018-yili "start-up" loyiha asosida tashkil etilgani, hozirgi kunda esa 200 nafar olim, muhandis va yosh “start-up”chilar faoliyat yuritishi ma’lum qilindi.

Aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalari

Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘rtasida Malayziya kompaniyasining bog‘larga ishlov beruvchi, dalalarga o‘g‘it sepuvchi aqlli mini-texnikalari hamda aynan qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun mo‘ljallangan maxsus dronlarini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga joriy etish masalalari ham muhokama etildi.

Qayd etilishicha, kichik hajmdagi aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish tizimi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida yo‘lga qo‘yiladi.

Теги :
Jamiyat