$
 12768.26
-62.87
 14400.04
-142.76
 162.63
1.56
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Avtopoligonga elektron navbat olish tizimi ishlamay qoldimi?

avtopoligon

Avvalroq “Autodeklarant” kanali Piskent avtopoligonida avtomobillarning muvofiqligini baholashga onlayn navbat olish tizimi ishlamay qolgani haqida xabar bergandi.

Undan keyin “O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” (UzTest) ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shu kabi mazmundagi xabarlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Sinov laboratoriyasi bir kunda 72 ta avtomobilni sinovdan o‘tkaza oladi xolos

Unga ko‘ra, mamlakatga import qilinayotgan M1 toifadagi avtotransport vositalarining poligonda sinovini tartib bilan o‘tkazish uchun Yagona portal (my.gov.uz) da elektron navbat tizimi joriy etiligan. Bunda tizimda avtotransport vositasi egasi o‘zining JShShIRi orqali navbat olishi mumkin.

Har bir avtotransport vositasining sinoviga 20 daqiqa vaqt ajratilgan bo‘lib, sinov laboratoriyasi kuniga 24 soat davomida jami 72ta avtomobilni sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega ekanligi ta’kidlandi.

Bir xil JShShIR bo‘yicha ikkita sanaga bir xil avtotransport vositasi uchun navbat olingan

“UzTest”da elektron navbat tizimida bitta fuqaroga JShShIR bilan faqat bitta navbat berilishi belgilanganligi qayd etildi. Avtomobil egalari esa elektron navbatni boshqa vaqt va kunlarga ham olish funksiyalaridan foydalanishni boshlagan.

Masalan, bir xil JShShIR bo‘yicha ikkita sanaga bir xil avtotransport vositasi uchun navbat olingan. Bunday holda onlayn navbat olish tizimida ro‘yxat belgilangan hajmdan oshib ketib, olib borilayotgan elektron navbat ketma-ketligi buziladi.

Endi bitta JShShIRga tizimda faqat bitta navbat beriladi

Kelib chiqqan vaziyatni to‘g‘rilash maqsadida navbat olish tizimi qayta ko‘rib chiqilib, unga o‘zgarishlar kiritildi.

Bunda bitta JShShIRga tizimda faqat bitta navbat beriladi, ya’ni endi undan foydalanilgunga qadar keyingi elektron navbatni olish mumkin emas. Foydalanilmagan navbat esa tizimdan avtomatik ravishda o‘chiriladi. Undan keyin qayta navbat olish mumkin.

Shuningdek, sinov laboratoriya xodimlarining sonini ko‘paytirgan holda sinov vaqtini 15 daqiqa qilib belgilash ko‘zda tutilgan. Bu bir kunda sinovdan o‘tkaziladigan avtomobillar sonini 96 taga yetkazish imkonini beradi.

Теги :
Jamiyat