$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Qo‘shni davlatda terrorchilik harakatining oldi olindi

terrorchilik

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi jazoni ijro etish tizimida terrorchilik hujumini tayyorlaganlikda gumon qilinayotgan shaxsni va uning sheriklarini qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Diniy g‘oyalarga ergashgan 10 nafar shaxsning faoliyatiga chek qo‘yilgan

Qayd etilishicha, joriy yilning 22-noyabr kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Olmota viloyati prokuraturasi hamkorligida Olmota, Qostanay va Jetisu viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalarida radikal diniy g‘oyalarga ergashgan 10 nafar shaxsning faoliyatiga chek qo‘yilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shulardan biri qamoq sharoitida terrorchilik harakati tayyorlagan, qolganlari esa terrorizmni targ‘ib qilish va odamlarni yollash bilan shug‘ullangan.

Qidiruv jarayonida moddiy dalillar topilgan

Qidiruv jarayonida ayblanuvchilar saqlanayotgan joylardan sovuq qurollar, smartfonlar va boshqa moddiy dalillar topilgan. Ushbu shaxslarning biri avval ekstremizm uchun sudlangan, qolganlari esa qotillik, talonchilik va o‘g‘irlik uchun jazo o‘tayotganlar bo‘lgan. Bundan tashqari, ularning sherigi – probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxs Olmota shahrida qo‘lga olingan.

Tergov boshlangan

Ularga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining “Terrorchilik harakati”, “Terrorizmni targ‘ib qilish yoki terrorchilik harakatiga ochiq chaqiriqlar” va “Terrorchilik yoki ekstremistik faoliyatni tashkil etish uchun odamlarni yollash yoki qurollantirish” moddalari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat