Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +22° kechasi +9°

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari terrorchi tashkilotga yollangani ma'lum bo‘ldi

Xabarovsk o‘lkasida xorijlik shaxs O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilar safiga yollash bilan shug‘ullangan.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari terrorchi tashkilotga yollangani ma'lum bo‘ldi

Hozirda u qo‘lga olingan.

Yollovchi

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida chet el fuqarosi O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilar safiga yollagan, deb xabar bermoqda RF “FSB” mintaqaviy boshqarmasi.

Terrorchilik harakatlari

“Terrorchilik faoliyatida yordam ko‘rsatgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birida tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. Ushlangan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida tayyorgarlikdan o‘tish va bevosita ishtirok etishga yollagan”, — deyiladi xabarda.

Jinoyat ishi

Ayblanuvchining harakatlaridan keyin Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi, ya'ni terrorchilik faoliyatiga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

U hibsga olindi. Hozirgi vaqtda tergov jarayoni davom etmoqda.