Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +9°

Afg‘onistonda dunyodagi eng xavfli terrorchi tashkilot a’zolari to‘planmoqda

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti xabar berdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda dunyodagi eng xavfli terrorchi tashkilot a’zolari to‘planmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining xabar qilishicha, qo‘shni mamlakat Afg‘onistonning janubida "Al-Qoida" terrorchi tashkilotining a’zolari to‘planmoqda. Axborotda Afg‘onistonning G‘azni, Hilmand, Qandahor, Nimroz, Paktika va Zobul viloyatlarida 400 ga yaqin "Al-Qoida" a’zosi to‘plangani qayd etilgan.

"Al-Qoida"

"Al-Qoida" arab tilidan "Asos" yoki "Fundatsiya" deb tarjima qilinadi. Bu tashkilot 1988-yilda tashkil etilgan. Uning asoschilari barchaga mashhur Usoma bin Laden va Abdulla Azzam hisoblanadi. Tashkilot g‘arb davlatlari va ularning qo‘llab-quvvatlovchi rejimlariga qarshi kurashish hamda islom dunyosida yagona islom xalifaligini tiklashni maqsad qilgan.

Tarixni o'zgartirgan terakktlar

Tashkilot 2001-yilning 11-sentyabridagi AQSHda amalga oshirilgan teraktlarni amalga oshirishda ayblanadi. Bu hujumlarda Nyu-York shahridagi Jahon Savdo Markazi binolari va Vashingtondagi Pentagonga samolyotlar bilan hujum qilingan. Shuningdek, ular Keniya va Tanzaniyadagi AQSH elchixonalariga ham hujumlar (1998-yil) qilgan. Bundan tashqari Yamandagi USS Cole kemasiga qilingan hujum (2000-yil) ham dunyo aholisini chuqur xavotirga solgan.