$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Termik depressiya: Endi anomal issiqlik bo'lishi mumkin

Termik depressiya

Joriy yozning iyul va avgust oyi boshlarida termik depressiya jarayoni bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Xo'sh, u qanday jarayon?

Bu nima va u qanday jarayon?

Termik depressiya – bu yozgi sinoptik jarayon bo‘lib, Markaziy Osiyoning janubi-sharqida past bosimli hududning paydo bo‘lishi, quruq-jazirama issiq ob-havo bilan tavsiflanadi. Bu davrda Markaziy Osiyo tekislik hududlarida havo harorati 44-46°S ga, ba’zi hollarda, +48°S gacha yetishi mumkin. Termik depressiyaning davomiyligi 2-3 sutkadan 5-7 sutkagacha, ba’zi yillarda esa 1,5–2 haftagacha davom etishi mumkin

U anomal issiqliklarni keltirib chiqaradi

Joriy yoz iyul va avgust oyi boshlarida ushbu jarayon bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Termik depressiya sinoptik jarayoni Markaziy Osiyoga kirib keluvchi va shu mintaqada shakllanuvchi 15 turdagi sinoptik jarayonlar ichida 11-raqam bilan nomlanib, u 1961—2020-yillar yoz davomida mintaqada umumiy sinoptik jarayonlarning 2—5 % ini tashkil etgan. U yozda deyarli barcha hollarda respublikada anomal issiqliklarni keltirib chiqaradi. 2020-yillardan so‘ng ushbu jarayon mintaqada tez-tez takrorlanmoqda va uning davomiyligi ham ortmoqda. 2021-yilning birgina iyul oyida termik depressiya jarayoni mintaqada 3 marta shakllangan.