Katanes ketib, Kapadze kelishi kutilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligi “o‘rindig‘i”: Endi nima bo‘ladi, nimalar o‘zgardi?
Bugun O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog‘lig‘idagi muammolar sabab lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Temur Kapadze kelishi kutilmoqda. Murabbiy O‘zbekistondagi faoliyati davomida nimalarni o‘zgartira oldi?
5 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog‘lig‘idagi muammolar sabab lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Temur Kapadze kelishi kutilmoqda. Murabbiy O‘zbekistondagi faoliyati davomida nimalarni o‘zgartira oldi?
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘FA bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qilganini ma’lum qildi. Sloveniyalik murabbiy o‘z murojaatida hozirgi holatida vazifalarini to‘laqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etib, doimiy qo‘llab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. “O‘FA hamda Srechko Katanes o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro do‘stona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda”, deyiladi O‘FA rasmiy sahifasida.
O‘FA va Katanes o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari
2021-yilning 27-oktyabr kuni Srechko Katanesning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan. Shartnomaga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassis 2025-yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritishi kerak bo‘lgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassisning maoshi yiliga 1,2 million dollarni tashkil etgan.
Muammolar va onkologik xastalik
Jamoa bosh murabbiyi dastlab 2023-yilning iyun oyida sog‘lig‘idagi muammo sabab, davolanish maqsadida o‘z uyiga ketgan edi. Shundan so‘ng, janob Katanes 2024-yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan JCH-2026 saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan Gonkongga qarshi o‘tgan Toshkentdagi uchrashuvni ham kutilmaganda sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o‘z vatani Sloveniyaga jo‘nab ketishga majbur bo‘lib, o‘tkazib yuborgandi. Keyinchalik, 2024-yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Turkmaniston terma jamoasi bilan o‘yin oldi tashkil qilingan matbuot anjumanida salomatligi bilan bog‘liq masalaga to‘xtaldi. "Sog‘ligim haqida to‘liq aytib bersam, ancha vaqt kerak bo‘ladi. Ayni paytda sog‘ligim ancha yaxshi. Agar uchinchi marta terma jamoani sog‘ligim tufayli tark etsam, boshqa qaytib kelmayman" — dedi murabbiy. Saytimiz orqali 2024-yilning mart oyida e’lon qilingan va tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra, murabbiy uzoq vaqt davolanish va katta mablag‘ni talab etadigan onkologik xastalikka chalinganini ma’lum qilgan edik. Bugun O‘FA tomonidan e’lon qilingan xabar har gal ommaga taqdim qilinar ekan, murabbiy atrofida yana mana shu masala aktuallasha boshlaydi.
Katanes haqida
Srechko Katanes 1963-yilda Sloveniyaning Lyublyana shahrida tavallud topgan. 1981-1994-yillar davomida “Partizan”, “Shtutgart”, “Sampdoriya” kabi jamoalarda to‘p surgan. Ushbu davr mobaynida A-Seriya va Italiya kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, UEFA Championlar ligasi va UEFA Kubogi final uchrashuvlarida ishtirok etgan hamda Yevropa Kubok egalari kubogida zafar quchgan. Murabbiylik faoliyatida esa Makedoniya, Birlashgan Arab Amirligi, Sloveniya va Iroq milliy terma jamoalarini boshqargan. U Sloveniya bilan Yevro-2000 va JCH-2002da qatnashgan. Shuningdek, Osiyo Kubogi-2019da Iroqni boshqaradi. Keyinchalik esa O‘zbekiston terma jamoasi bilan Osiyo Kubogi-2023da musobaqaning chorak finaliga qadar yetib boradi.
Murabbiy nimalarni o‘zgartira oldi?
Murabbiy O‘zbekiston bosh jamoasidagi faoliyati davomida 42 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 26 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 8 tasida durrang va yana 8 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Gollar nisbati esa — 83 ga 38. Bu vaqt oralig‘ida jamoa taktik sxemasida ham yaxshigina o‘zgarish yuz berdi. Katanes terma jamoaning odatiy 4 ta himoyachilik sxemasini barcha talqin qilayotgandek 5 taga emas, 3 taga o‘zgartirdi. Umumiy olib qaraganda 3-4-3 O‘zbekiston terma jamoasining asosiy taktik chizgisiga aylandi. Bu sxemaning qulayligi u futbolchilarning jismoniy holati va o‘yinning borishiga qarab 5-2-3 yoki 3-4-3 ga o‘zgara oladi. Bunda ikki qanot himoyachilari lateral vazifasini o‘taydi. Jamoa bu vaqt davomida Shvetsiya, Kamerun, Kosta-Rika, Venesuela, Boliviya, AQSH hamda Meksika kabi dunyoning yetakchi terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. 61 yoshli mutaxassis qo‘l ostida milliy jamoa Osiyo Kubogi-2023da chorakfinalgacha yetib bordi, JCH-2026 saralashida esa 3-bosqichga chiqdi va ayni vaqtda guruhda mundialga yo‘llanma beradigan 2-o‘rinni egallab turibdi.
Katanes “ko'rikdan o'tkazgan” futbolchilar
Mahalliy mutaxassislar tomonidan ichki chempionatni yetarlicha kuzatmaslik va o‘yin salohiyati borasida terma jamoaga munosib bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat bermayotganlikda ko'p bor ayblangan murabbiy shu kunga qadar necha nafar futbolchiga imkoniyat bergan? Murabbiy shu vaqtga qadar 59 ta futbolchini “ko'rikdan o'tkazgan”. Ular quyidagilar:
1. Farrux Ikramov
2. Oybek Bozorov
3. Jaloliddin Masharipov
4. Eldor Shomurodov
5. Odil Hamrobekov
6. Otabek Shukurov
7. Farruh Sayfiyev
8. Abdulla Abdullayev
9. Doston Tursunov
10. Xojiakbar Alijonov
11. Eldor Suyunov
12. Sanjar Qodirkulov
13. Abror Ismoilov
14. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev
15. Igor Sergeyev
16. Xojimat Erkinov
17. Aziz Amanov
18. Sanjar Quvvatov
19. Valijon Rahimov
20. Husniddin Aliqulov
21. Islom Qobilov
22. Akmal Mozgovoy
23. Dilshod Saitov
24. Doston Hamdamov
25. Xusayn Norchayev
26. Rustam Ashurmatov
27. Shahboz Umarov
28. O‘tkir Yusupov
29. Aziz G‘aniyev
30. Davron Hoshimov
31. Ikrom Aliboyev
32. Anzur Ismoilov
33. Islom Kenjaboyev
34. Javohir Sidiqov
35. Umid Ergashev
36. Umar Eshmurodov
37. Sherzod Nasrullayev
38. Sardor Sobirxo‘jayev
39. Aziz Turg‘unboyev
40. Sherzod Temirov
41. Oston O‘runov
42. Botirali Ergashev
43. Abduvohid Nematov
44. Saidazamat Mirsaidov
45. Alibek Davronov
46. Ruslan Jiyanov
47. Bobur Abduxoliqov
48. Jasur Yaxshiboyev
49. Ibrohim Yo‘ldoshev
50. Jamshid Iskandarov
51. Abduqodir Xusanov
52. Jamshid Boltaboyev
53. Abbos Fayzullayev
54. Shahzod Azmiddinov
55. Zafarmurod Abdurahmatov
56. Muhammadqodir Xamraloyev
57. Diyor Xolmatov
58. Abdurauf Bo‘riyev




