$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston yil davomida eng ko‘p ochko jamg‘argan dunyoning 4-terma jamoasi

UFA

O‘zbekiston bir yil davomida 68-o‘rindan 58-o‘ringa ko‘tarildi. Bu vaqt oralig‘ida jamoa 80 ball jamg‘argan. 

2024-yil yakuni 

Milliy terma jamoa 2023-yilni 68-o‘rinda yakunlagan edi. Jamoa Osiyo kubogidan keyin 66-o‘ringa, JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi va Osiyo kubogi-2027ga yo‘llanmasiga ega chiqqach esa 64-o‘ringa yuqorilagan. FIFA rasmiy saytining 2024-yil yakuniga ko‘ra e’lon qilingan milliy jamoalar reytingida O‘zbekiston milliy jamoasi yilni reytingda 58-o‘rinda yakunlagandi. 

Yil davomida jamg‘arilgan ballar

FIFA reytingida 2023-yilning dekabr oyidan 2024-yilning xuddi shu oyiga qadar eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoalarning ro‘yxatida O‘zbekiston eng yaxshi uchlik qatoriga kira olmagan bo‘lsa ham 4-o‘rinda eng yaxshi natija qayd etgan jamoa bo‘ldi. Jamoamiz bu vaqt oralig‘ida 68-o‘rindan 58-o‘ringa ko‘tarilib, 80 ball jamg‘argan. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha TOP-10 lik quyidagicha:

  1.  Angola — 128 ball jamg‘argan
  2.  Ispaniya — 120 ball jamg‘argan
  3.  Iordaniya — 103 ball jamg‘argan
  4.  O‘zbekiston — 80 ball jamg‘argan
  5.  Iroq — 77 ball jamg‘argan
  6.  Yangi Zelandiya — 73 ball jamg‘argan
  7.  Germaniya — 73 ball jamg‘argan
  8.  Janubiy Afrika — 72 ball jamg‘argan
  9.  Eron — 70 ball jamg‘argan
  10.  Indoneziya — 69 ball jamg‘argan

Tarixdagi eng yaxshi natija 

58-o‘rin terma jamoamizning so‘nggi 8-yillikdagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi. Bunga qadar Samvel Babayan murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston 2016 yilgi FIFA reytingida 48-o‘rinni qayd etgan. O‘zbekiston milliy jamoasining FIFA reytingidagi eng yaxshi natijasi – 45-o‘rin bo‘lib, vakillarimiz 2006-2007-yillarda ushbu o‘rinda qayd etilgan.

Теги :
Jamiyat