$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Biz Qatardan barcha nuqtalarda kuchlimiz — Sardor Rashidov

Rashidov

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu turda Dohada Qatar mehmoni bo‘ladi. Milliy jamoa ayni vaqtda tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini o‘tkazmoqda. O‘yin oldidan taniqli futbolchi, Qatar Yulduzlar ligasida bir necha mavsum faoliyat o‘tkazgan Sardor Rashidov bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlarini ma’lum qildi.

O‘zbekistonning imkoniyatlari yuqori

Terma jamoaning sobiq a’zosi ertangi o‘yindan faqat g‘alaba kutayotgani va jamoa bunga majbur ekanligini ta’kidlagan. “Boshqa natija kutish bizni Jahon chempionatidan mahrum qilishi mumkin. Xuddi avvalgi saralashlardagi kabi imkoniyatlarimiz juda yuqori. Biz Qatardan barcha nuqtalarda kuchlimiz va buni maydonda ko‘rsatishimiz shart. Osiyo kubogidan so‘ng oradan 8 oy o‘tdi. Terma jamoamiz bu vaqt ichida o‘sishga erishdi. Buni inobatga olgan holda Qatarni taslim qilishimiz kerak. Terma jamoamizda hamma narsa joyida”, — deydi futbolchi.

Qatar terma jamoasi va yetakchilari haqida

Sardor Rashidov raqib haqida fikr bildirar ekan, Qatar xorijlik va mahalliy futbolchilar evaziga ancha o‘sgani, shu sabab Osiyo kubogida bizga qiyin bo‘lganini aytgan. “Ochig‘ini aytganda o‘sha turnirda yomon o‘yin ko‘rsatmagandik, o‘yin tomonlama eng yaxshisi edik. Penaltilar seriyasiga tayyorlanmaganimiz pand bergandi. Akram Afif hozir yaxshi formada. Lekin uni to‘xtatish bizning himoyachilarga qiyin emas. Husanov, Aliqulov uni zararsizlantirishga 50 foiz kuchini sarflasa kifoya. Hujumdagi futbolchilarimizga ko‘proq uzoqdan zarbalar berishini ta’kidlagan bo‘lardim. Qatar darvozabonlari uzoqdan zarbalarda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Buni ichki chempionatda ham ko‘rish mumkin”, — degan Rashidov.

Sardor Rashidov haqida

Sardor Rashidov futbolchilik faoliyati davomida “Bunyodkor” (Toshkent, 2010 – 2015-yillar), Qatarning “Al-Jaish” (Ar-Rayyan, 2015-2017-yillar), BAAning “Al-Jazira” (Abu-Dabi, 2017-yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2018-yil), Portugaliyaning “Nasonal” (Funshal, 2019-yil), Qatarning “Qatar” SK (Doxa, 2019 – 2020-yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2021-yilning 1-davrasi, 2022-yilning 1-davrasi, 2023-yilning 1-davrasi), Quvaytning “Al-Quvayt” (Al-Quvayt, 2021-yil), Qatarning “Umm Salal” (Al-Rayyan, 2022-yil), BAAning “Dubay Siti” (Dubay, 2024-yil) jamoalarida o‘ynagan. Futbolchi O‘zbekistonning 4 karra chempioni (2010-2011, 2013, 2018-yillar) va O‘zbekiston milliy chempionatning kumush (2012-yil) medali sohibidir. U Uch marta O‘zbekiston kubogini (2010, 2012 – 2013-yillar) hamda ikki marta O‘zbekiston superkubogini (2014, 2021-yillar) qo‘lga kiritgan. 2015-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, Rashidov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2013-2021-yillarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.

Теги :
Jamiyat