$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda Captiva haydovchisi IIO xodimiga tan jarohati yetkazdi

Zo

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimiga nisbatan faol qarshilik koʻrsatish holati aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Toʻxtash taqiqlangan joyga qoʻyilgan Captiva

Qayd etilishicha, joriy yilning 19-avgust tungi soat 02:00 larda Bektemir tumanidagi bozor hududida tungi xizmatga jalb qilingan Bektemir tumani IIO FMB PPX inspektori safdor J.Rajabov transport vositasi toʻxtab turish taqiqlangan joyga qoʻyilganligi holatini aniqlagan.

IIB xodimini urgan haydovchi

Captiva transport vositasi boshqa transport vositalarining erkin harakatlanishiga halaqit berganligi sababli J.Rajabov avtomashina egasini chaqirtirgan va transport vositasini olib qoʻyishini soʻragan. Ammo, 1990-yilda tugʻilgan fuqaro IIO xodimining qonuniy talabini bajarmasdan, unga faol qarshilik koʻrsatib, safdor J.Rajabovni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

“Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi”, - deyiladi xabarda.

Qonunbuzarga qanday chora koʻrilishi mumkin?

Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning oktabr oyida hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilgan edi. Bunday harakatlar:

BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima;

1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Теги :
Jamiyat