$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

11-sentabr voqeasi: Ayblanuvchilar aybini tan oldi

Terakt

2001-yilning 11-sentyabr kuni AQSHga hujum uyushtirishda ayblanayotgan uch kishi sudgacha kelishuvga erishdi va aybini tan oldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib, BBC xabar berdi.

Gumondorlar bir necha yillardan beri mahkamaga tortilmagan holda ushlab turilibdi

Pentagonga ko‘ra, ushbu uch nafar shaxs – Xolid Shayx Muhammad, Valid Muhammad Solih Muborak Bin Attash va Mustafo Ahmad Adam al-Havsaviy AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Kubadagi Guantanamo bazasida bir necha yillardan beri mahkamaga tortilmagan holda ushlab turilibdi.

Kelishuv tafsilotlari e’lon qilinmagan, biroq AQSH axborot agentliklari prokurorning o‘lim jazosini talab qilmaslikka rozi bo‘lish evaziga erkaklar o‘z ayblarini tan olganini yozmoqda.

Nyu-York, Virjiniya va Pensilvaniya shtatlarida 3 mingga yaqin odam Afg‘oniston va Iroq bosqinlariga turtki bo‘lgan hujumlarda halok bo‘ldi.

XXI asrdagi eng yirik terakt

Ma’lumot uchun, 11-sentyabr hujumlari 1941-yilda Gavayi orolidagi Perl-Harbor harbiy-dengiz bazasigaga Yaponiya hujumidan keyin AQSH hududidagi eng qonli hujum bo‘lib, unda 2400 kishi halok bo‘ldi. Shu kuni xudkush-hujumchilar AQSH yo‘lovchi samolyotlarini tortib olib, ularni Nyu-Yorkdagi ikkita osmono‘par binoga borib portlatdi. Mamlakatning sharqida uchayotgan to‘rtta samolyot bir vaqtning o‘zida kichik qaroqchi guruhlar tomonidan qo‘lga olindi. Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining egizak minorasi ham katta talofot ko‘rgan.

 

To‘rtta samolyot bortidagi 246 yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining barchasi, egizak minorada 2606 kishi hamda Pentagonda 125 kishi halok bo‘lgan.

1 yillik favqulotda holar

Shundan so‘ng AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatda 11 sentyabr teraktlaridan keyin joriy etilgan favqulotda holatni bir yilga uzaytirgani haqida xabar berilgandi. Prezidentga ko‘ra, u mamlakatda terrorchilik tahdidi saqlanib qolgani sababli ushbu qarorga kelgan.

Теги :
Jamiyat