Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

Rossiya maxsus xizmatlari butun dunyo bo‘ylab samolyotlarda teraktlar seriyasini tayyorlagan – Tusk

Tusk batafsil ma’lumot bermagan, ammo yaqin kelajakda qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishi mumkin.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya maxsus xizmatlari butun dunyo bo‘ylab samolyotlarda teraktlar seriyasini tayyorlagan – Tusk

Polsha bosh vaziri Donald Tusk Rossiya razvedka xizmatlari butun dunyo bo‘ylab samolyotlarda teraktlar uyushtirishni rejalashtirganini bildirdi. Bu haqda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Batafsil ma’lumotlar yaqin kelajakda ochiqlanishi mumkin

Tusk batafsil ma’lumot bermagan, ammo yaqin kelajakda qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishi mumkin.

Avvalroq The New York Times nashri AQSh yuk samolyotlariga portlovchi qurilmalar o‘rnatilishi mumkinligi haqida ogohlantirganini yozgan edi.

Aviahalokatlar seriasi

Ma’lumot uchun, aviahalokatlar seriasi 25-dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida Ozarbayjon samolyoti qulashi ortidan boshlangan edi. Unda samoliyot bortidagi 38 kishi halok bo‘lib, 29 kishi omon qolgan. Aviatexnika ko‘zdan kechirilganida teshiklar aniqlangan.

Shundan so‘ng, bu kabi holatlar BAA, Janubiy Koreya, Norvegiya, Braziliyada kuzatilgan edi.